Insoniyatga eng yirik iqlim falokati tahdid solmoqda
15-05-2026, 07:29
604 марта

Insoniyatga eng yirik iqlim falokati tahdid solmoqda
Qariyb 150 yil avval 50 milliondan ziyod insonning hayotiga zomin bölgan «El-Nino» bu yil takrorlanişi mumkin. Gavayi universiteti va Jahon meteorologiya taşkiloti tadqiqotçilari şunday xulosaga kelişdi.«El-Nino» — Tinç okeanining tropik zonasi şarqiy-markaziy qismi suvlarining har bir neça yilda kuzatiladigan isişi hodisasidir. 2026 yilda u yerda okean harorati örtaça körsatkiçdan 3 darajaga yuqorilaşi va rekordlarni yangilaşi mumkin.
The Waşington Post eslatişiça, deyarli 150 yil avval yuz bergan «El-Nino» juda katta iqlimiy özgarişlarga sabab bölib, qişloq xöjaligi ekinlariga qiron keltirgan. Kutilayotgan hodisa jahonda oziq-ovqat xavfsizligini yana xavf ostiga qöyişi mumkinmi, degan savolni yuzaga keltiradi.
Kuzatuvlar tarixidagi eng kuçli «El-Nino» 1877 yildan 1878 yilgaça kuzatilgan, hodisasi Hindiston, Xitoy, Braziliya va boşqa mamlakatlarda 50 milliondan ortiq insonning hayotiga zomin bölgan global oçlikka olib keluvçi şaroitlarning şakllanişiga zamin yaratgan. Bu öşa paytdagi sayyora aholisi taxminiy sonining 3 dan 4 foizigaça bölgan qismini taşkil etgan. Agar bu holat bugungi kunda yuz bersa, kamida 250 million insonga teng böladi.
«1870-yillardagi kabi bir vaqtda yuz beradigan köp yillik qurğoqçiliklar takrorlanişi mumkin. Hozir vaziyat yanayam murakkab, atmosfera va okeanlar 1870-yillardagiga qaraganda ança issiqroq, bu ular bilan boğliq ekstremal hodisalar yanada kuçliroq bölişi mumkinligini anglatadi», — dedi Vaşington davlat universiteti dotsenti Dipti Singx.
Uning takidlaşiça, super «El-Nino» bilan boğliq qurğoqçilik xavfining ortişi köplab mintaqalarda oziq-ovqat, suv va iqtisodiy xavfsizlikni tahdid ostiga qöyadi. Bu esa özaro boğliq ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar uçun global oqibatlarga olib kelişi mumkin.