Dunyoda oçlikdan aziyat çekayotganlarning 2/3 qismi 10 ta davlatda yaşaydi
25-04-2026, 19:46
165 марта

Dunyoda oçlikdan aziyat çekayotganlarning 2/3 qismi 10 ta davlatda yaşaydi
Dunyodagi oçlikdan aziyat çekayotganlarning uçdan ikki qismi atigi 10 ta davlatda yaşaydi. Bu haqda BMT agentliklari, Yevropa Ittifoqi va ularning hamkorlari tomonidan tayyorlangan yangi hisobotda söz boradi.Qayd etilişiça, oziq-ovqatning halokatli darajada yetişmovçiligidan aziyat çekayotgan insonlarning uçdan ikki qismi atigi 10 ta davlatda istiqomat qiladi: Afğoniston, Bangladeş, Kongo Demokratik Respublikasi, Myanma, Nigeriya, Pokiston, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya va Yaman.
Hisobotga köra, 2025 yilda 47 ta davlatda 266 million kişi (uşbu mamlakatlar aholisining qariyb törtdan biri) oziq-ovqatning ötkir tanqisligini boşidan keçirgan. Bu 2016 yildagi körsatkiçdan deyarli ikki baravar köpdir.
Hujjat mualliflari xavotirli manzarani çizmoqda: oçlik endi qisqa muddatli favqulodda vaziyatlar tizimi bölmay, doimiy, mahalliylaşgan global muammoga aylanib qoldi.
Eng oğir zarba bolalarga töğri kelmoqda. 2025 yilda 35,5 million bola ötkir töyib ovqatlanmaslikdan aziyat çekkan bölsa, ulardan qariyb 10 millioni uning öta oğir şakliga duç kelgan. Bu holat ularning hayotiga bevosita tahdid soladi va ölim xavfini keskin oşiradi.
“Qattiq ozğinlikka çalingan bolalar vaznini keskin yöqotadilar. Ularning immunitet tizimi şu darajada zaiflaşadiki, hatto oddiy bolalar kasalliklari ham ölimga olib kelişi mumkin”, deya ogohlantirgan UNICEF vakili Rikardo Pires.
Harbiy mojarolar inqirozning asosiy sababi bölib qolmoqda: oğir oçlik holatlarining yarmidan köpi aynan uruşlar hissasiga töğri keladi.
Inqiroz kölami ommaviy migratsiya hisobiga yanada kengaymoqda. 2025 yilda oziq-ovqat inqirozi hududlarida 85 milliondan ortiq köçirilgan şaxslar mavjud edi. Qoçqinlar va içki köçirilganlar tizimli ravişda ötkir oçlikni boşdan keçirmoqda.
Ofat kölami katta bölişiga qaramay, yordam dasturlarini moliyalaştiriş kamaymoqda. Oziq-ovqat yordami uçun ajratilayotgan mablağlar hajmi ön yil oldingi darajaga tuşib qolgan, bu esa hukumatlar va gumanitar taşkilotlarning imkoniyatlarini çeklab qöymoqda.
Bu bilan parallel ravişda, “malumotlar tanqisligi” ham ösib bormoqda. Oziq-ovqat xavfsizligi böyiça işonçli hisobotlarni taqdim eta oladigan davlatlar soni sönggi 10 yil içidagi eng past darajaga tuşgan. Bu esa oçlikning asl kölami rasmiy baholardan ança yuqori bölişi mumkinligini anglatadi.
2026 yil uçun istiqbollar ham köngildagidek emas. Davom etayotgan mojarolar, ekstremal ob-havo hodisalari va iqtisodiy beqarorlik sababli dunyoda oziq-ovqatning kritik tanqisligi kuzatilişi kutilmoqda.
Ekspertlar, şuningdek, Yaqin Şarqdagi vaziyat tufayli jahon bozorlarida yuzaga kelgan larzalar bilan boğliq yangi muammolarga işora qilmoqda. Uşbu inqiroz oziq-ovqat narxlarining yanada oşişiga va yetkazib beriş zanjirlaridagi uzilişlarga olib kelişi mumkin.