“Falokat yoqasidamiz”. BMT oziq-ovqat xavfidan ogohlantirdi
14-04-2026, 13:07
153 марта

“Falokat yoqasidamiz”. BMT oziq-ovqat xavfidan ogohlantirdi
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Hormuz böğozi atrofidagi vaziyat sabab oziq-ovqat falokati yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti xabar qildi.BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) Hormuz böğozidagi uzoq davom etayotgan inqiroz öğitlar va energiya resurslari eksportini izdan çiqarib, oziq-ovqat narxlarining oşişiga hamda hosildorlikning pasayişiga olib kelişi mumkinligi haqida bayonat bergan.
Taşkilotning takidlaşiça, neft va gaz narxlarining keskin oşişi yaşaş xarajatlarini köpaytiradi va bu ayniqsa, aholining eng zaif qatlamlari turmuşiga salbiy tasir körsatadi.
“Zarur resurslar öz vaqtida yetib kelmasa, işlab çiqaruvçilar kamroq imkoniyat bilan işlaşga majbur böladi”, degan taşkilotning boş iqtisodçisi Maksimo Torero.Uning sözlariga köra, ayniqsa kambağal mamlakatlar xavf ostida qolişi mumkin. Çunki ekin ekiş kalendariga boğliq holda resurslar yetişmasligi işlab çiqariş hajmining tez kamayişiga, inflyatsiyaning oşişiga va global iqtisodiy ösişning sekinlaşişiga olib keladi.
FAO oziq-ovqat iqtisodiyoti bölimi direktori Devid Labord esa bioyoqilğiga talab ortsa, oziq-ovqat narxlari ham oşişini takidlagan.
“Biz resurslar inqirozi içidamiz, uning falokatga aylanişini istamaymiz. Natija qanday çoralar körişimizga boğliq”, degan u.