Dunyo oziq-ovqat inqirozi ostonasida
29-03-2026, 15:34
232 марта

Dunyo oziq-ovqat inqirozi ostonasida
Mamlakatlar oziq-ovqat inqirozi yoqasida turibdi. Xususan, dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlarining 50 foizi sintetik öğitlarga boğliq. Bu haqda tahlilçi Lukas Ekuame ogohlantiriş bilan çiqdi.
Şimoliy yarim şarda ekiş mavsumi boşlanmoqda, ammo öğitlardan foydalaniş imkoniyati maksimal darajada çeklangan.
Hormuz böğozidagi muammolar sababli öğit yetkazib berişning qariyb 30 foizi, suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib berişning esa 20 foizi töxtab qolgan. Xitoy ham eksportga çeklovlar kiritdi, bu esa bozorning yana 30 foiziga xavf tuğdirmoqda. Aksariyat sintetik öğitlar tabiiy gazdan işlab çiqarilgani sababli, uning tanqisligi öz-özidan öğitlar yetişmovçiligiga olib keladi.
“Financial Times” (FT) naşri ham dunyo eng yirik oziq-ovqat inqirozlaridan biriga duç keliş xavfi borligidan ogohlantirmoqda.
Bunga Yaqin Şarqdagi inqiroz sabab bölib, u öğit yetkazib berişni xavf ostiga qöydi va energiya resurslari narxining keskin oşişiga turtki böldi. Bu vaziyatda rivojlanayotgan davlatlar eng zaif bölib qoladi. Şuningdek, Hindiston, Bangladeş va AQŞning agrar hududlari ham xavf ostida: u yerda fermerlar allaqaçon gaz, yoqilği va öğit yetişmovçiligiga duç kelişmoqda.
Uzilişlarga Qatar va Jazoirdagi öğit işlab çiqaruvçi korxonalarning töxtab qolgani sabab bölgan. Hormuz böğozining tösib qöyilişi vaziyatni yanada oğirlaştirdi, çunki energiya narxlarining kötarilişi mahsulotlarni taşiş, qayta işlaş va saqlaş xarajatlarini oşirib yubordi.
Ekspertlarning fikriça, Yaqin Şarqdagi davomli uruş dunyoda oziq-ovqat narxlarini keskin oşirib yuborişi mumkin. Eng katta zarar makkajöxori yetiştiruvçilarga tegadi, çunki bu ekin azotli öğitlarga eng köp ehtiyoj sezadi. Öz navbatida, omuxta yemning asosi bölgan makkajöxori narxining oşişi çorvaçilik va parrandaçilikda mahsulot tannarxining qimmatlaşişiga olib keladi.