Dunyoda har yili qariyb 1 mlrd tonna oziq-ovqat çiqindiga taşlanadi
29-03-2026, 14:25
103 марта

Dunyoda har yili qariyb 1 mlrd tonna oziq-ovqat çiqindiga taşlanadi
Har yili dunyoda taxminan 1 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari – jami oziq-ovqatning qariyb beşdan bir qismi taşlab yuboriladi. Bu ham insonlarga, ham atrof-muhitga salbiy tasir körsatmoqda. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hisobotida keltirilgan.Malumotlarga köra, oziq-ovqat çiqindilarining qariyb 60 foizi uy xöjaliklarida hosil böladi. Qolgan qismi umumiy ovqatlaniş va çakana savdo sohalariga töğri keladi, bu esa işlab çiqariş, taqsimlaş va istemolni öz içiga olgan oziq-ovqat tizimlarining samarasizligi oqibatidir. Muammoni hal qiliş uçun uşbu tizimlarni qayta loyihalaştiriş, samaradorlik va ekologik tozalikka asoslangan barqaror, tsiklik (aylanma) yondaşuvga ötiş zarur.
Har yili 30 mart kuni Xalqaro çiqindisiz dunyo kuni nişonlanadi. 2022 yilda 105 ta davlat uşbu rezolyutsiyani qabul qiliş taşabbusi bilan çiqqan. Muammoni hal qiliş uçun hukumatlar oziq-ovqat çiqindilarini kamaytiriş çoralarini iqlim va biologik xilma-xillik böyiça strategiyalarga kiritişlari mumkin.
Xususiy sektor esa yöqotişlarni ölçaşni va ularni kamaytiriş çoralarini körişni boşlaşi mumkin. Bu quyidagilarni öz içiga oladi:
- Oziq-ovqat çiqindilari böyiça hisobotlarni yaxşilaş;
- Yetkazib beriş zanjiri samaradorligini oşiriş;
- Çakana savdo tarmoqlarini qayta loyihalaş;
- Ortiqça oziq-ovqatlarni şaffof va tsiklik biznes modellari orqali qayta taqsimlaş.