Mol göşti rekord darajada qimmatladi
6-10-2025, 12:00
170 марта

Mol göşti rekord darajada qimmatladi
2025 yilning sentyabr oyida dunyo böylab mol göştining bir kilogramm örtaça narxi 6,9 dollarga (83 629,38 söm) yetdi. Bu haqda Jahon banki malum qildi.Malumotlarga köra, joriy yilning sentyabr oyida mol göştining narxi 1960 yil boşidan beri eng yuqori darajaga yetgan va avgust oyidagi körsatkiçdan 0,6 foizga va 2024 yildagidan deyarli 10 foizga oşgan.
Mutaxassislar bu tendentsiyani Jahon bozorida mol göşti narxining oşişi, inflyatsiya, AQŞ va Xitoy istemolçilari talabining ösişi va raqobatdoş mahsulot bölgan sut mahsulotlari narxining yuqoriligi bilan baholagan.
Şuningdek, narx oşişi iqlim özgarişi, qurğoqçilikning avj olişi, yaylovlarning qisqarişi va oziq-ovqat xarajatlarining oşişi bilan boğliq bölişi ham mumkin. Dunyodagi eng yirik mol göşti işlab çiqaruvçi davlatlardan biri bölgan AQŞda bu yil sigirlar soni şu omillar tufayli 1951 yildan beri eng kam raqamlarni qayd etgan.