USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron AQŞning Quvayt va Bahrayndagi bazalariga zarba berdi

129 марта

Eron AQŞning Quvayt va Bahrayndagi bazalariga zarba berdi

Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi AQŞning Quvayt va Bahrayndagi harbiy bazalariga raketa va dronlar yordamida zarba berganini malum qildi. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi.

Korpus bayonotiga köra, hujumlardan biri AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari Beşinçi floti ştabiga qaratilgan. Zarbalar Qeşm orolining janubidagi neft tankeriga va korpusning telekommunikatsiya minorasiga uyuştirilgan hujumlarga javob sifatida amalga oşirilgani aytilgan.
“Avval ham ogohlantirgan edik: agar hujum takrorlansa, javob yanada oğirroq böladi. Aynan şunday qildik. Bu javoblar saboq bölişi kerak”, deyiladi bayonotda.
Şu bilan birga, AQŞ Markaziy qömondonligi matbuot xizmati Eronning barça hujumlari muvaffaqiyatsiz yakunlanganini bildirgan.

“AQŞ Qurolli kuçlari huşyorlikni saqlab qolmoqda va Eronning asossiz tajovuzidan himoyalanişga tayyor”, deyiladi AQŞ bayonotida.
1 iyun kuni AQŞ Markaziy qömondonligi Eronning Goruk hududi va Qeşm orolida joylaşgan radarlar hamda dronlarni boşqariş punktlariga “özini himoya qiliş maqsadida” zarba berganini malum qilgan edi.
Qömondonlikka köra, AQŞ qiruvçi samolyotlari mintaqaviy suvlardagi kemalarga tahdid solayotgan Eron havo mudofaasi vositalari, yerusti boşqaruv punkti va ikkita hujumkor dronni yöq qilgan.

Qayd etiş joiz, AQŞ va Eron örtasida aprel oyi boşida elon qilingan sulh rejimi amalda qolmoqda. Keyinçalik AQŞ Prezidenti Donald Tramp uni alohida farmoyişga qadar nomalum muddatga uzaytirgan.

Biroq sulhga qaramay, may oyi boşida tomonlar Hormuz böğozida özaro zarbalar almaşgan. Öşanda AQŞ Bandar-Abbos porti va Qeşm orolidagi obektlarga hujum qilgan, Eron esa USS Truxtun, USS Rafael Peralta va USS Mason esminetslariga zarba berganini malum qilgan. AQŞ tomoni kemalar zarar körmaganini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: