USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirğizistonda 34 kg narkotikni Özbekistonga olib ketayotganlar uşlandi

70 марта

Qirğizistonda 34 kg narkotikni Özbekistonga olib ketayotganlar uşlandi

Qirğizistonning Botken viloyati hududi orqali 34 kg narkotikni Özbekistonga olib ketayotganlar qölga olindi. Bu haqda Qirğiziston Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur jinoyat işi Qirğiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş va sotiş uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi 282-moddasi bilan tergov qilinmoqda.

Tergov malumotlariga köra, huquq-tartibot idoralari xodimlariga 1993 yilda tuğilgan fuqaro E.E.Y. keyinçalik sotiş maqsadida Tojikistondan Qirğizistonga köp miqdorda “gaşiş” olib kirişni taşkil qilgani haqida malumot kelib tuşgan.


Gumonlanuvçi giyohvand moddalarni sotişga urinayotgan vaqtida qölga olingan. Tintuv davomida IIV xodimlari uning yonidan va avtomaşinasidan sariq rangli yopişqoq lenta (skotç) bilan öralgan uçta öramni topgan. Musodara qilingan moddaning umumiy vazni taxminan uç kilogrammni taşkil etgan. Keyinçalik, qölga olingan şaxsning yaşaş joyida ötkazilgan tintuv davomida umumiy vazni 31 kilogramm 398 gramm bölgan, içida giyohvandlik moddasi bölgan yana 31 ta xuddi şunday öram topilgan. Şu tariqa, musodara qilingan giyohvand moddalar partiyasining umumiy vazni 34 kilogramm 448 grammni taşkil etgan.

Hozirgi vaqtda musodara qilingan moddalarning aniq tarkibini belgilaş uçun sud-kimyoviy ekspertizasi tayinlangan. Tergov xalqaro narkotrafik kanali mavjudligi töğrisidagi versiyani körib çiqmoqda. IIV malumotlariga köra, giyohvand moddalar Tojikistondan Qirğiziston orqali Özbekistonga olib ötilayotgan bölgan.

Özbekistonda ham qöşimça tezkor tadbirlar ötkazilgan. Natijada Özbekiston kuç tuzilmalari 14 kilogramm gaşiş va bir kilogramm “opiy”ni musodara qilgan hamda uşbu jinoiy guruh faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 1995 yilda tuğilgan fuqaro X.T.T.ni qölga olgan. Hozirda giyohvand moddalarni yetkazib beriş kanalining barça iştirokçilari va ularni taşiş yönalişlari aniqlanmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: