Google millionlab maxsus çivinlarni tabiatga qöyib yubormoqçi
3-06-2026, 16:48
264 марта

Google millionlab maxsus çivinlarni tabiatga qöyib yubormoqçi
Google xavfli kasalliklarga qarşi kuraşiş maqsadida Kaliforniya va Florida ştatlarida maxsus işlov berilgan 32 milliongaça çivinni tabiatga qöyib yuborişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.AQŞda jamoat soğliqni saqlaş sohasidagi eng ğayrioddiy loyihalardan biri muhokama qilinmoqda. Google yaqin ikki yil içida Kaliforniya va Floridada 32 milliongaça çivinni oçiqlikka qöyib yuboriş uçun ruxsat söradi.
Uşbu taşabbus çivinlar orqali yuqadigan kasalliklarga qarşi kuraşişga qaratilgan. Gap, xususan, Ğarbiy Nil virusi, denge bezgagi, Zika virusi, çikungunya va sariq isitma haqida bormoqda.
Loyiha hozirda AQŞ Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi tomonidan körib çiqilmoqda. Idora 5 iyungaça jamoatçilik fikri va şarhlarini qabul qiladi, şundan söng uşbu tajribani ötkazişga ruxsatnoma beriş-bermaslik töğrisida qaror qabul qiladi.
Tadqiqotçilarning malumotlariga köra, dastur Ğarbiy Nil virusi va Sent-Luis entsefaliti taşuvçisi hisoblangan Culex uruğiga mansub çivinlarni nişonga olgan. Bu infektsiyalar Kaliforniyadagi mahalliy quşlar va çivinlar populyatsiyasi orasida allaqaçon uçrab turibdi.
Şu bilan birga, kompaniya odamlarni çaqadigan haşarotlarni qöyib yuborişni rejalaştirmayapti. Gap Wolbaçia bakteriyasi bilan zararlangan erkak çivinlar haqida ketmoqda. Ular yovvoyi urğoçi çivinlar bilan juftlaşgandan söng, ularning nasli yaşab qola olmaydi, bu esa çivinlar populyatsiyasi sonini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş imkonini beradi.
Google kompaniyasiga köra, çivinlarni köpaytiriş va ularni tabiatga qöyib yuboriş jarayonida suniy intellekt tizimlari hamda robotlaştirilgan texnologiyalardan foydalaniladi.