“Lanati ahmoq”. Tramp Netanyaxuni haqoratlaganini tan oldi
3-06-2026, 20:18
159 марта

“Lanati ahmoq”. Tramp Netanyaxuni haqoratlaganini tan oldi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy bilan ehtimoliy uçraşuv haqida malum qildi va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bölib ötgan keskin suhbatni tasdiqladi. Bu haqda u “Pod Force One” podkastiga bergan intervyusida söz oçdi.Amerika rahbari Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy bilan şaxsan uçraşiş istagi borligini bildirgan.
“Men u bilan uçraşişni istardim. Men hamma bilan uçraşişni xohlayman. Voqealar rivojiga qarab, ehtimol, qaçondir biz uçraşamiz”, deydi Tramp.AQŞ Prezidentining sözlariga köra, 56 yoşli Mujtabo Xomanaiy Erondagi muhim qarorlarni qabul qilişda iştirok etadi va mamlakatda katta hurmatga ega.
“U albatta jarayonga jalb qilingan. Menimça, uni juda hurmat qilişadi. Nazarimda, biz ança yaxşi til topişyapmiz”, deydi Oq uy rahbari.Tramp, şuningdek, yaqinda bölib ötgan telefon muloqoti çoğida Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuni “lanati ahmoq” deb ataganini tasdiqlagan.
AQŞ Prezidentining tuşuntirişiça, uning ğazabiga Isroil va Livan örtasida davom etayotgan töqnaşuvlar sabab bölgan. Uning fikriça, bu töqnaşuvlar Vaşington va Tehron örtasidagi muzokaralarni qiyinlaştirişi mumkin. Keskin iboralarga qaramay, Tramp Isroil Boş vaziri bilan yaxşi munosabatlarni saqlab qolganini urğulagan.
“Biz birgalikda juda yaxşi işladik. Menga Bibi yoqadi va u bilan til topişa olaman. Men uruş davri Prezidentiman. U esa uruş davri Boş vaziri”, deydi Amerika rahbari.Tramp, şuningdek, Eron bilan muzokaralar tez rivojlanayotganiga va yakunda Tehronning yadroviy qurolga ega bölişiga yöl qöymaslik imkonini berişiga işonç bildirgan.