Litva Amerikaning yadro qurolini qabul qilişga tayyorligini bildirdi
3-06-2026, 22:06
71 марта

Litva Amerikaning yadro qurolini qabul qilişga tayyorligini bildirdi
Litva öz hududida Amerika yadroviy qurolini joylaştiriş ehtimoli böyiça AQŞ bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda mamlakat Milliy mudofaa vaziri Robertas Kaunas jurnalistlarga malum qildi.“Financial Times” gazetasining xabar berişiça, AQŞ Vaşington tomonidan oddiy harbiy yordamning qisqartirilişi ularning xavfsizligini zaiflaştirmasligiga ittifoqçilarini işontiriş maqsadida şu paytgaça uşbu dasturga jalb etilmagan NATOning Yevropa mamlakatlarida yadroviy qurol joylaştiriş stsenariysini körib çiqmoqda. Gazetaning uç nafar suhbatdoşiga köra, AQŞning yadroviy zaryadlarni taşişga qodir bölgan samolyotlarini joylaştiriş masalasi muhokama qilinmoqda.
“Litva, şubhasiz, bu jarayondan çetda turgani yöq”, deydi Kaunas.Litva Konstitutsiyasi mamlakatda ommaviy qirğin qurollarini joylaştirişni taqiqlaydi. Biroq Prezident Gitanas Nauseda mavjud tahdidlarni sabab qilib körsatib, asosiy qonunga özgartirişlar kiritiş taklifi bilan çiqqan.
Ayni paytda AQŞning yadroviy qurolga ega samolyotlari Yevropa Ittifoqining törtta davlati – Belgiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya, şuningdek, Turkiya va öz yadroviy quroliga ega bölgan Buyuk Britaniyadagi bazalarda joylaşgan.
Litva Putin yadroviy qurol joylaştirişga qaror qilgan Belarus bilan çegaradoş. May oyida Belarus va Rossiya harbiylari uşbu qurolni qöllaşni maşq qilişni öz içiga olgan öquv maşğulotlarini ötkazgan, Putin va Aleksandr Lukaşenko maşğulotlar jarayonini masofadan turib nazorat qilgan. Janubi-ğarbda Litva, şuningdek, Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan ham çegaradoş hisoblanadi.
Şvetsiyaning SVT telekanali bir yil avval suniy yöldoş tasvirlarini tahlil qilib, Rossiya öz şimoli-ğarbiy çegaralari yaqinidagi, jumladan, Kaliningrad viloyatidagi yadroviy qurol joylaştirilişi mumkin bölgan bir qator bazalarni modernizatsiya qilgani haqida xabar bergan. 2024 yilning aprel oyida Polşaning öşa paytdagi Prezidenti Anjey Duda uşbu viloyatda yadroviy kallakli raketalar joylaştirilgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan.
Polşa rahbarlari sönggi oylarda Frantsiya va Buyuk Britaniya yoki AQŞ tomonidan yadroviy soyabon şaklidagi himoyaga ega bölişdan manfaatdor ekanliklarini bildirmoqda. FT manbalarining sözlariga köra, hozirda NATOning şarqiy qanotidagi davlatlar, jumladan, öşa Polşa va bazi Boltiqböyi mamlakatlari Vaşingtonga öz qiziqişlarini malum qilmoqda.