USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya xavfi sabab Norvegiya Frantsiyaning “yadroviy soyaboni”ga qöşiladi

67 марта

Rossiya xavfi sabab Norvegiya Frantsiyaning “yadroviy soyaboni”ga qöşiladi



Norvegiya Frantsiyaning “yadroviy soyaboni”dan foydalanişga tayyor davlatlar qatoriga qöşildi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Yonas Gar Styore Parijga taşrifi çoğida malum qildi.

Vazir taşrif davomida Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan mamlakatlarning mudofaa sohasidagi hamkorligi töğrisidagi bitimni imzoladi. Uşbu hujjat, boşqa masalalar qatorida, hujum sodir bölgan taqdirda özaro yordam körsatiş töğrisidagi bandni ham öz içiga oladi.

Styore mazkur qarorni Yevropadagi xavfsizlik vaziyati bilan izohladi. U Rossiyaning yadroviy sohada keng kölamli qayta qurollanişi va Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruşini tilga oldi. Şu bilan birga, Norvegiya boş vaziri tinçlik davrida mamlakat hududida yadro quroli joylaştirilmasligini takidladi.

“Frantsiya ittifoqçilarini yadroviy soyabon ostiga olişga tayyor”


2025 yil mart oyida Emmanuel Makron Rossiya butun Yevropa uçun tahdidga, Ukrainadagi uruş esa “global mojaro”ga aylanganini takidlagan edi. Şu sababli Frantsiya prezidenti özining “yadroviy soyaboni”ni boşqa Yevropa mamlakatlariga ham tatbiq etişni taklif qilgan.

Frantsiya taşabbusiga Polşa, Litva, Niderlandiya, Belgiya, Daniya, şuningdek, Germaniya qöşilgan. Germaniya kantsleri Fridrix Merts 2025 yil may oyida Parijga taşrifi çoğida Frantsiyaning “yadroviy soyaboni”ni kengaytiriş ehtimoli AQŞning yadroviy kafolatlari örnini bosa olmasligi, balki ularga qöşimça bölişini aytdi.

Frantsiya Yevropa Ittifoqidagi yagona yadroviy davlatdir

Buyuk Britaniya 2020 yilda Yevropa Ittifoqidan çiqqanidan söng, Frantsiya ittifoqdagi yagona yadroviy davlat bölib qolmoqda. Stokgolm xalqaro tinçlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) malumotlariga köra, u dunyodagi 12 200 ga yaqin yadroviy jangovar kallaklarning 290 tasiga ega va Rossiya, AQŞ hamda Xitoydan keyin törtinçi yirik yadroviy davlat hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: