“Evropa öz xavfsizligini mustaqil taminlay oladigan geosiyosiy kuçga aylaniş vaqti keldi” — Emmanuel Makron
14-02-2026, 23:44
80 марта

“Evropa öz xavfsizligini mustaqil taminlay oladigan geosiyosiy kuçga aylaniş vaqti keldi” — Emmanuel Makron
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron juma kuni Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida Yevropa Rossiyaning tajovuzkor siyosati şaroitida öz xavfsizligini mustaqil taminlay oladigan geosiyosiy kuçga aylaniş va buning uçun yadroviy tiyib turiş kontseptsiyasini qayta şakllantiriş vaqti kelganini aytdi. Bu haqda France24 xabar berdi.13 fevral kuni ananaviy tarzda har yili Germaniyaning Myunxen şahrida ötkaziladigan Myunxen xavfsizlik konferentsiyasining navbatdagi yiğilişi boşlandi.
Unda sözga çiqqan prezident Emmanuel Makron Yevropa tanazzulga yuz tutayotgani haqidagi davolarni qatiyan rad etdi hamda Ğarb demokratiyalariga putur yetkazayotgan dezinformatsiya böyiça olib borilayotgan say-harakatlarni qöllab-quvvatladi.
“Bu jasorat vaqti. Bu kuçli Yevropa vaqti. Yevropa geosiyosiy kuç bölişni örganişi kerak. Bu ilgari bizning siyosiy DNKmizda yöq edi”, degan Makron.Şuningdek, uning aytişiça, hatto Ukraina uruşi böyiça kelişuvga erişilgan taqdirda ham, Yevropa baribir tajovuzkor Russiya bilan yuzma-yuz qoladi. Şu sababli Yevropa Rossiyaning talablariga yon bermasligi va asosiy muammolarni hal qilmaydigan qisqa muddatli kelişuvga rozi bölmasligi lozim.
“Evropaliklar bu işni öz qaraşlari va öz manfaatlaridan kelib çiqib qilişi lozim. Britaniyalik va germaniyalik hamkasblarimiz bilan biz boşladik, ammo bu jarayon barça yevropalik hamkorlarni, strategik fikrlovçilarga qaratilgan”, dedi Makron.Şu bilan birga Frantsiya prezidenti Yevropa xavfsizlik tizimini qayta körib çiqiş vaqti kelganini qöşimça qildi.
“Evropadagi xavfsizlik tizimini qayta körib çiqiş va taşkil etiş lozim. Çunki avvalgi xavfsizlik tuzilmasi töliq Sovuq uruş davrida şakllangan va u bugungi şaroitga mos kelmaydi”, dedi u.