Yevropa özining yadroviy qalqonini işlab çiqadi
15-02-2026, 12:59
77 марта

Yevropa özining yadroviy qalqonini işlab çiqadi
Yevropa yetakçilari öz yadroviy qalqonini yaratiş masalasida muhokamalardan amaliy bosqiçga ötdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.Naşrning yozişiça, malumotni Germaniya kantsleri Fridrix Merts ham tasdiqlab, Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi oçilişida Germaniya Frantsiya bilan Yevropa yadroviy mudofaa tizimini yaratiş böyiça muzokaralarni boşlaganini malum qilgan.
“Men Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan Yevropa yadroviy tiyib turiş masalasi böyiça maxfiy muzokaralarni boşladim. Yevropada turli darajadagi xavfsizlik zonalari paydo bölişiga yöl qöymaymiz, dedi Merts.
Uning aytişiça, Germaniya 1990 yilda zimmasiga olgan yadroviy qurol işlab çiqmaslik, unga egalik qilmaslik va uni boşqarmaslik majburiyatlariga sodiq qoladi. Biroq Parij bilan Frantsiyaning yadroviy “soyaboni”ni Yevropa Ittifoqi davlatlariga, jumladan, Germaniyaga ham tatbiq etiş imkoniyati muhokama qilinmoqda.
Manbalarga köra, AQŞ Prezidenti Donald Trampning siyosati tufayli Yevropa davlatlari AQŞ himoyasiga töliq işonç hosil qila olmayotgani sababli, ular Sovuq uruş tugaganidan buyon ilk bor öz yadroviy tiyib turiş tizimini yaratiş masalasini muhokama qilmoqda. “Bloomberg” suhbatdoşlaridan birining aytişiça, muzokaralar yuqori harbiy darajada olib borilmoqda, ayrim vazirlar esa bundan xabardor bölmasligi ham mumkin.
Muzokaralar asosan özaro işonç mustahkam bölgan ikki yoki uç tomonlama formatda ötkazilmoqda. Asosan AQŞ harbiy obektlari joylaşgan, Rossiyaga yaqin va uning tomonidan bevosita tahdidni his qilayotgan davlatlar iştirok etmoqda. Şu bilan birga, bu taşabbus Moskvaga qanday signal berişini ham diqqat bilan kuzatmoqda.