Makron Rossiya bilan töğridan töğri muzokaralar olib borişga çaqirdi
15-02-2026, 12:53
92 марта

Makron Rossiya bilan töğridan töğri muzokaralar olib borişga çaqirdi
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlari Rossiya bilan Rossiya-Ukraina mojarosini yakunlaş böyiça muzokaralarda iştirok etişi kerakligini bildirdi. Bu haqda u keça, 13 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferentsiyasidagi nutqida söz oçdi.Makronning fikriça, Rossiya bilan “oşkora aloqa kanalini tiklaş” zarur. Uning aytişiça, Yevropa kelajakda Rossiya bilan muzokara olib boriş uçun “kuçli pozitsiya”da bölişi lozim. Buning uçun köhna qita davlatlari mudofaa salohiyatini, xususan uzoq masofali tizimlar sohasidagi imkoniyatlarini “faol rivojlantirişi” kerak.
“Reuters”ning yozişiça, Makron Ukrainadagi mojaro tugagan taqdirda ham Yevropa baribir tajovuzkor Rossiya bilan yuzma-yuz kelişini takidlagan. “Le Figaro” uning sözlaridan iqtibos keltirib, tinçlik bitimi tuzilgaç, Yevropa Rossiya bilan “birga yaşaş qoidalarini belgilaşi”, şunda “keskinlaşuv xavfini çeklaş” mumkinligini qayd etgan.
“Evropaliklar bu işni öz fikrlari va öz manfaatlaridan kelib çiqib boşlaşi kerak. Şu bois bugun men uşbu muhim masala böyiça maslahatlaşuvlar turkumini boşlaşni taklif qilaman”, deydi Makron.U Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya allaqaçon olib borayotgan muhokamalarga boşqa Yevropa davlatlarini ham qöşilişga çaqirgan. Şuningdek, Makron Yevropada xavfsizlik arxitekturasini qayta quriş va qayta taşkil etiş, jumladan “yadro tiyib turiş siyosatini qayta şakllantiriş” zarurligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Italiya Boş vaziri Jorja Meloni Yevropa Ittifoqi yetakçilarining norasmiy uçraşuvidan oldin Germaniya kantsleri Fridrix Merts va Belgiya Boş vaziri Bart De Vever bilan uçraşgani va suhbat davomida rasmiy agar YeI “katta gapiriş”ni istasa, xalqaro muammolarga duç kelganda aniq çoralar körişi kerakligini takidlagani haqida xabar berilgan edi.