Rossiya dronlari Litva çegarasini ham buzdi
24-10-2025, 12:48
226 марта

Rossiya dronlari Litva çegarasini ham buzdi
Rossiya harbiy samolyotlari Litva havo hududini buzdi va xalqaro huquqlarni ham çetlab ötdi. Bu haqda Litva Prezidenti Gitanas Nauseda keça, 23 oktyabr kuni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida elon qilgan videomurojaatida malum qildi.“Bu xalqaro huquq va Litvaning hududiy yaxlitligini qöpol ravişda buzişdir. Bu qadamlar Yevropa havo mudofaasiga tayyorligini kuçaytiriş muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deta takidlagan Prezident.
Şuningdek, Nauseda Litva Taşqi işlar vazirligi uşbu “ehtiyotsiz va xavfli xatti-harakatlar”ga qarşi norozilik bildiriş uçun Rossiya elçixonasi vakillarini çaqirişini aytgan.
“Delfi” naşri Litva armiyasiga tayanib, Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan çegarada joylaşgan Kibartay şahri yaqinida soat 18:00 atrofida ikkita Rossiya samolyoti Litva havo hududiga kirganini xabar qilgan.
Voqeadan söng, NATOning Eurofighter Typhoon qiruvçi samolyotlari havoga kötarilgan. Su-30 va Il-78 samolyotlari Litva hududi ustidan 18 soniya davomida uçib, keyin ortga jönab ketgan. Litva rasmiylari bu Rossiya havo kuçlarining havoda yoqilği quyiş maşqlari paytida sodir bölgan deb hisoblamoqda.
NATO samolyotlari çegara buzilgan joy yaqinidagi havo hududini nazorat qilmoqda.
Öz navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi har doimgidek boşqa davlat hududiga bostirib kirganini rad etgan. Vazirlik 23 oktyabr kuni Rossiyaning Su-30 qiruvçi samolyotlari Kaliningrad viloyati ustida rejalaştirilgan öquv parvozlarini amalga oşirgani va samolyot öz parvoz yönalişidan çetga çiqmasdan, boşqa davlatlar çegaralarini buzmagani haqida bayonot berdi, ammo doimgidek Rossiya bu bayonotga heç qanday faktni ilova qilmadi. Umuman olganda, Rossiya kuçlari bu safar ham vaziyatdan quruq gap bilan çiqib ketmoqçi.