Bugun Yerda juda kuçli magnit böroni kuzatiladi
4-06-2026, 16:34
304 марта

Bugun Yerda juda kuçli magnit böroni kuzatiladi
Bugun, 4 iyun kuni quyoşdagi kuçli X sinf çaqnaşlari oqibatida ajralib çiqqan plazma oqimi Yer ionosferasiga yetib kelişi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti quyoş astronomiyasi laboratoriyasi ogohlantirdi.Malum qilinişiça, çaqnaşlar oqibatida sayyorada 6–7 ballik kuçli magnit böroni kuzatilişi ehtimoli mavjud.
Mutaxassislarning qayd etişiça, plazma oqimining Yer magnit maydoni bilan töqnaşuvi vaqtida ayrim insonlarda uyqu sifati pasayişi, çarçoq hissi kuçayişi hamda yurak urişi ritmida özgarişlar kuzatilişi mumkin.
Şu munosabat bilan mutaxassislar fuqarolarga salomatligiga etiborli bölişni, ortiqça jismoniy va ruhiy zöriqişlardan saqlanişni tavsiya qilmoqda.