SSSRda tuğilgan şaxs “Mossad” rahbari böldi
4-06-2026, 17:31
241 марта

SSSRda tuğilgan şaxs “Mossad” rahbari böldi
Isroilning “Mossad” taşqi razvedka xizmatiga ilk bor sobiq SSSR respublikalaridan biridan çiqqan şaxs rahbarlik qiladigan böldi: taşkilotning yangi direktori etib Belarusdan köçib ketgan general-mayor Roman Gofman tayinlandi. Vakolatlarni topşiriş marosimi joriy yilning 2 iyun kuni bölib ötdi. Bu haqda Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.“Men Roman Gofmanni “Mossad”ning navbatdagi direktori etib tayinlaganimdan faxrlanaman”, deb yozdi Binyamin Netanyaxu.Qasamyod qiliş marosimida Netanyaxu general Gofmanning boş missiyasi sifatida Eron rejimini yöq qilişni körsatgan.
“Er yuzidan yöq bölib ketişi muqarrar bölgan va bu maqsadga erişişiga özimiz yordam beradigan uşbu terror rejimi endi bizga yadroviy bombalar va minglab halokatli ballistik raketalar bilan tahdid qila olmaydi. “Mossad” Eron tajovuziga qarşi kuraşimizning eng oldingi safida qoladi... Köp yillardan buyon yuritayotgan izçil siyosatimizga muvofiq, biz Eron rejimining vaqtni orqaga qaytarişiga yöl qöymaymiz. Uning yadroviy qurolga ega bölişiga va mavjudligimizga tahdid solişiga izn bermaymiz”, deydi Isroil Boş vaziri.Netanyaxuning maslahatçisi Dmitriy Gendelman Roman Gofmanning “Mossad” rahbari lavozimiga tayinlanişini “tarixiy ahamiyatga molik voqea” deb atagan.
“Bu Isroil tarixida sobiq Sovet Ittifoqi davlatlaridan köçib kelgan repatriantlar vakili xavfsizlik tuzilmalarida egallagan eng yuqori lavozimdir”, deb yozdi Gendelman özining Telegram-kanalida.Yangi direktorning tayinlanişidan avval sud muhokamasi bölib ötgan. Bu mojaro 2022 yilga borib taqaladi: öşanda Gofman Isroil Mudofaa armiyasi (TsAXAL) diviziyasiga qömondonlik qilayotgan vaqtda, ofitserlardan biri uning xabari va roziligi bilan axborot uruşi doirasida arab tilida maxfiy malumotlarni tarqatiş uçun 17 yoşli isroillik bloger Uri Elmakaysni hamkorlikka jalb qilgan. Ösmir yigit uning bu faoliyatidan bexabar bölgan “Şin Bet” xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan va Elmakaysning TsAXAL bilan hamkorlik qilgani isbotlanib, ayblovlar olib taşlanguniga qadar bir yarim yil davomida dastlabki tergov hibsxonasida ötirgan.
Uri Elmakays Roman Gofmanning “Mossad” rahbari etib tayinlanişiga qarşi davo arizasi bilan çiqib, general ularning hamkorligi haqida huquq-tartibot idoralarini ogohlantirmaganini davo qilgan. Isroil Oliy adolat sudi (BAGATs) 1 iyun kuni uşbu şikoyatni rad etgan. Sud bu işda Gofmanning xatolari borligini tan olgan, biroq uning “Mossad” rahbari lavozimiga nomzodini yöqqa çiqaradigan etika qoidalari buzilişini körmagan.
Belarusning Mozir şahrida tuğilgan Roman Gofman 1990 yilda Isroilga köçib ötgan. U harbiy internatda tahsil olgan, harbiy faoliyatini esa tank qöşinlarida boşlagan. 2019 yilda unga brigada generali unvoni berilgan. 2024 yildan buyon Netanyaxuning harbiy kotibi lavozimida işlab kelayotgan edi.