Netanyaxu Eron oliy rahbarini öldiriş bilan tahdid qildi
13-03-2026, 14:19
197 марта

Netanyaxu Eron oliy rahbarini öldiriş bilan tahdid qildi
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xomanaiyni öldiriş bilan tahdid qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Netanyaxu Eron bilan uruş boşlanganidan beri ilk bor matbuot anjumani ötkazib, Eron “endi avvalgidek emas”ligini aytib, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi hamda Basij yarimharbiy kuçlariga zarba berilganini takidladi.
Isroil Boş vaziri uruşga qöşilgan Livandagi “Hizbulloh” guruhi nişonlariga qarşi hujumlar davom etişini ham malum qildi. Malumotlarga köra, Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy 28 fevral kuni havo hujumlari oqibatida halok bölgan. Şundan söng 2 mart kuni “Hizbulloh” Isroilga qarşi hujumlarni boşlagan va buni Xomanaiy ölimi uçun qasos deb atagan.
Ali Xomanaiy vafotidan keyin Eronning yangi oliy rahbari etib uning öğli Mujtaba Xomanaiy tayinlangan.
Matbuot anjumanida Netanyaxudan Mujtaba Xomanaiy va “Hizbulloh” yetakçisiga qarşi qanday çoralar körilişi söraldi. U aniq rejalarni oçiqlamasligini bildirdi.
“Men terrorçi taşkilot rahbarlaridan birortasiga ham hayot suğurtasi polisini bermagan bölardim... Bu yerda nimalarni rejalaştirayotganimiz yoki nima qilmoqçi ekanimiz haqida aniq hisobot beriş niyatim yöq”, degan Boş vazir.