“Jumanji” filmi aktyori öldirib ketildi
5-06-2026, 11:17
273 марта

“Jumanji” filmi aktyori öldirib ketildi
“Jumanji” va “Top Gan: Meverik” filmlari orqali tanilgan amerikalik aktyor Jeyms Xendi Los-Anjelesdagi hujum oqibatida halok böldi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.“Jumanji”, “Top Gan: Meverik” va “Taps” filmlarida rol öynagan amerikalik aktyor Jeyms Xendi Los-Anjelesning Tarzana mavzesida piçoqlab ketilişi oqibatida vafot etdi.
Politsiya malumotlariga köra, joriy yilning 3 iyun kuni ertalab huquq-tartibot idoralari xodimlari taşvişli qönğiroqdan söng uylardan biriga yetib borgan. Voqea joyida ular kökrak qafasidan köplab piçoq jarohatlari olgan va huşsiz holatda yotgan 81 yoşli aktyorni topgan.
Xendi şifoxonaga olib borilgan, biroq uning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan. 44 yoşli Maykl Gledxill politsiya xodimlarining oldiga borib, qidirilayotgan şaxs aynan u ekanligini malum qilgan. Keyinçalik uşbu erkak qotillikda gumon qilinib hibsga olingan.
Politsiya xabariga köra, Gledxill Xendining döstining öğli bölib, voqea sodir bölgan vaqtda onasi bilan birga yaşab kelayotgan bölgan. Hujumga nima sabab bölgani hozirça nomalum. Gumonlanuvçiga nisbatan qotillik böyiça jinoyat işi qözğatildi. Garov puli miqdori 2 million dollar etib belgilangan.