USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Kuba Prezidentini “qora röyxat”ga tiqdi

84 марта

AQŞ Kuba Prezidentini “qora röyxat”ga tiqdi

Keça, 4 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati sanktsiyalar röyxatini kengaytirdi. Unga Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel hamda unga aloqador şaxslar va kompaniyalar kiritildi. Bu haqda Amerika Moliya vazirligining press-relizida söz boradi.

Sanktsiyalar röyxatiga Kuba Prezidentining özidan taşqari, uning oila azolari, xususan, rafiqasi Lis Kuesta ham kiritilgan. Kubaning birinçi xonimi bunday röyxatda böliş u uçun “öziga xos şaraf” ekanligini yozib qoldirgan va bu kabi bosimni “bemanilik va ahmoqlik” deb atagan.
Şuningdek, çeklovlar ostiga Raul Kastroning öğli Alexandro Kastro Espin va kubalik inqilobçining nabirasi Alexandro Kastro Kalis ham tuşgan. Taşkilotlar orasida Inqilobni himoya qiliş qömitasi, Kuba Inqilobiy qurolli kuçlar vazirligi (MINFAR) va boşqalar bor.


AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio özining X’dagi sahifasida Oq uy AQŞning “milliy xavfsizligiga tahdid solişni” maqsad qilgan hamda özlarining “zaharli va yovuz “inqilobini” butun dunyoga eksport qilayotgan radikal marksistik rejimlarga bundan buyon toqat qilmasligini” yozgan.

“Vaşingtonning Dias-Kanelga nisbatan uşbu harakatlari orol-davlatning kommunist rahbarlariga bosimni kuçaytirişdagi navbatdagi qadamidir”, deb yozadi “Reuters”. 
Şu yilning may oyida Qöşma Ştatlar Kubaning sobiq rahbari, 94 yoşli Raul Kastroga nisbatan ayblov elon qilgan edi. Ularning orasida AQŞ fuqarolarini öldiriş maqsadida til biriktiriş epizodi ham bor edi.

Gavanaga nisbatan bosim ötgan yilning oxiridan, yani Amerika kuçlari Kubaga ketayotgan Venesuela nefti ortilgan kemani qölga kiritganidan söng kuçaydi. Venesuela rahbari Nikolas Maduro qölga olinganidan keyin AQŞ mamuriyati orolga yonilği yetkazib berişni töxtatişni talab qildi va Kubaga neft yetkazib beruvçi mamlakatlarga nisbatan bojxona tölovlari joriy etiş bilan tahdid qildi. Bu, masalan, Meksika tomonidan eksportning töxtatilişiga va davlatda yonilği taqçilligiga olib keldi.

Prezident Donald Tramp mamuriyati amalda yonilği blokadasini joriy etdi. Prezident, şuningdek, Venesuelada Nikolas Maduro hokimiyatdan ağdarilganidan keyin navbatdagisi Kuba rahbari bölişi mumkinligiga bir neça bor şama qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: