USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kuba Prezidenti Trampga böyin egmasligini aytdi

118 марта

Kuba Prezidenti Trampga böyin egmasligini aytdi

Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes AQŞ Prezidenti Donald Trampning bosimlariga böyin egmasligini va hali istefoga çiqiş niyati yöqligini bildirdi. Bu haqda u keça, 9 aprel kuni NBS News’ga bergan intervyusida söz oçdi.
Dias-Kanel Kommunistlar partiyasi hukmronlik qiladigan Kubani öz taqdirini özi belgilaş huquqiga ega bölgan erkin va suveren davlat deb tariflagan. Şuningdek, u orol AQŞ rejalariga böysunmasligini qöşimça qilgan.
“Kubada rahbarlik lavozimlarida ötirgan odamlar AQŞ hukumati tomonidan saylanmaydi. Mamlakatimiz öz taqdirini özi belgilaş huquqiga ega bölgan erkin va suveren davlatdir. Heç qanday taşqi omil yoki tahdidlar Kubaning özini-özi boşqariş vakolatlarini çeklab qöya olmaydi. Biz AQŞ hukumatining bosimlariga böyin egmaymiz. Men mustaqil Kuba davlatining qonuniy Prezidenti sifatida mamlakatimga bosim ötkazayotgan kuçlarga qarşilik körsatişga vada beraman. Hali istefoga çiqiş niyatim yöq. Bizning luğatimizda istefo degan söz yöq!” deydi Kuba rahbari.
Qayd etiş joiz, AQŞ Prezidenti Donald Tramp öz çiqişlarida Dias-Kanelni mamlakatni boşqara olmaydigan nönoq rahbar sifatida ayblab, uni zudlik bilan istefoga çiqişini talab qilgan yedi. Şuningdek, Tramp agar xohlasa, bir keçada uni hokimiyatdan ağdarib taşlaşini, ammo buni xohlamasligini bildirgan. Tahdidlar ayniqsa, joriy yilning yanvar oyida AQŞ xarbiylari Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni öğirlaganidan söng yanada avj olgan.
Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Maduroning öğirlanişidan söng “Navbatda Kolumbiyami yoki Kuba?” deya tahdidli post qoldirgan.
“Bu buyuk armiyani men quryapman. Men özimga uni işlatmasligimni aytdim. Lekin bazida uni işlatişim zarur bölgan vaziyatlar yuzaga keladi. Navbatdagi davlat ehtimol, Kuba bölar”, deb yozgan Oq uy rahbari. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: