USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Kubani “döstona” egallab olişga tayyorligini malum qildi

64 марта

Tramp Kubani “döstona” egallab olişga tayyorligini malum qildi

Agar Kuba rasmiylari Vaşington bilan kelişuv tuzişdan boş tortsa, AQŞ mamlakatni “döstona” tarzda egallab olişi mumkin. Bu haqda keça, 9 mart kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqotda söz oçdi.

“Bu döstona egallaş bölişi mumkin. Yoki aksinça. Buning ahamiyati yöq, çunki ular, tabir joiz bölsa, “sönggi nafasini olmoqda”. Ularda energiya yöq. Ularda pul yöq. Ular çuqur gumanitar inqiroz holatida”, deydi Tramp. 
Uning sözlariga köra, Davlat departamenti rahbari Marko Rubio Kuba bilan kelişuv ustida işlamoqda, biroq uning mazmuni nimalardan iboratligiga aniqlik kiritmagan.

Bundan oldin Oq uydagi “The Atlantic” manbalari uşbu Lotin Amerikasi davlati Eron va Venesueladan keyin Trampning navbatdagi nişoniga aylanişi mumkinligini aytgan. 

“The Wall Street Journal” (WSJ) malumotlariga köra, AQŞ Prezidenti mamuriyati Kuba hukumati içidan Vaşingtonga amaldagi rejimni almaştirişda yordam beradigan odamlarni qidirişni boşlagan. Naşrning Amerika mulozimlari orasidagi suhbatdoşlari Oq uyga “voqealar rivoji qayerga qarab ketayotganini tuşunadigan va kelişuvga rozi böladigan kimdir” kerakligini takidlagan. Öz navbatida, USA Today manbalari AQŞ rasmiylari yaqin orada Kuba bilan kelişuv haqida elon qilişi mumkinligini, Gavana bilan muhokama qilinayotgan masalalar esa Prezident Migel Dias-Kanelning hokimiyatdan ketiş stsenariysi, Fidel Kastro oilasining oroldagi maqomi hamda energetika, turizm va port xöjaligi sohasidagi kelişuvlarni öz içiga olişini davo qilmoqda. Kelişuv doirasida Vaşington Kubaga nisbatan bazi sanktsiyalarni bekor qilişi ham mumkin.

AQŞ 2025 yil avgust oyida Karib havzasida harbiy iştirokini oşirişni boşlagan edi, sentyabrdan esa narkotrafikka aloqador deb hisoblangan kemalarga hujum qila boşladi. Joriy yilning yanvar oyida Amerika harbiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni öğirlab ketdi. Buning ortidan Tramp Kubaga Venesuela nefti yetkazib berişni töxtatib qöydi va orolda yonilği inqirozini keltirib çiqardi. Yanvar oyi oxirida Oq uy rahbari Kuba tomonidan milliy xavfsizlikka tahdid tufayli favqulodda holat elon qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: