“Ehtimol, biz döstona yöl bilan Kubani qöşib olarmiz” — Tramp
28-02-2026, 16:00
83 марта

“Ehtimol, biz döstona yöl bilan Kubani qöşib olarmiz” — Tramp
AQŞ prezidenti Donald Tramp Kuba hukumati mamlakat duç kelayotgan muammolar sababli Qöşma Ştatlar bilan muzokara olib borayotganini malum qildi. Uning sözlariga köra, davlat kotibi Marko Rubio bu masala bilan “juda yuqori darajada” şuğullanmoqda, deb yozadi Reuters.“Kuba hukumati biz bilan muzokaralar olib boryapti va ularda katta muammolar bor. Ularda pul yöq. Hozir ularda heç narsa yöq, lekin biz bilan muzokara olib borişmoqda. Ehtimol, biz Kubani döstona tarzda qöşib olişimiz mumkin”, dedi Tramp jurnalistlarga.
BBC rus xizmatining qayd etişiça, Tramp “friendly takeover” (döstona egallab oliş) atamasini qöllagan. Bu atama odatda bir kompaniya ikkinçisini tomonlarning roziligi bilan öziga qöşib olişini tasvirlaş uçun işlatiladi.
AQŞ prezidenti Kubani özgarişlarga muhtoj, zaiflaşayotgan mamlakat, kubaliklarni esa “millat sifatida muvaffaqiyatsizlikka uçrayotgan xalq” deb atagan. 79 yoşli Tramp Kuba muammolari haqida bolaligidanoq eşitib kelişini takidlagan.
“Ularda pul yöq, neft yöq, oziq-ovqat yöq. Haqiqatan ham hozir mamlakat oğir ahvolda va ular bizdan yordam söraşmoqda”, degan Oq uy rahbari.
Kuba hukumati AQŞ bilan heç qanday yuqori darajadagi muzokaralar olib bormayotganini bildirgan. Reuters’ning qayd etişiça, hukumat OAVning Amerika rasmiylari Kubaning sobiq prezidenti Raul Kastroning nabirasi Raul Gilermo Rodriges Kastro bilan muzokara olib borayotgan bölişi mumkinligi haqidagi xabarlarini rad etmagan.