USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Oreşnik» hali jangovar qöllangani yöq – Putin

140 марта
«Oreşnik» hali jangovar qöllangani yöq – Putin

Associated Rress agentligi jurnalisti Ukraina dronlari forum paytida Sankt-Peterburgga zarba berayotgani, Rossiyada iqtisodiyot pasayayotgani, Putinning reytingi qulayotgani, frontdagi vaziyat esa «haqiqiy falokat»ga aylanganini aytib, Rossiya prezidentidan nima xohlaşini söradi – butun 

Donbassni nazorat qilişmi yoki Ukraina bilan kelişuv tuziş?

Foto: Valeriy Şarifulin / TASS / Profimedia
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi çoğida bir guruh xorijiy jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.Forumning birinçi kunida Ukraina dronlari Sankt-Peterburg va Leningrad oblasti böylab zarba berdi, natijada Boltiqböyi mintaqasidagi eng yirik neft terminallaridan biri bölgan Peterburg neft terminalida yonğin boşlandi. Şahar uzra qora tutun ustunlari kötarildi – bu manzara forum ötkazilayotgan hududdan yaqqol körinib turardi.

Bundan taşqari, Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning «Kronştadt dengiz zavodi»dagi Alekseyev dokida turgan «Boykiy» harbiy kemasi aniq nişonga olinganini malum qilgan. Suniy yöldoş orqali olingan tasvirlarda kemada yonğin röy bergani aks etgan.

Matbuot anjumani çoğida Associated Rress agentligi jurnalisti Jeyms Jordan Putindan Sankt-Peterburg böylab zarbalar haqida söraş asnosida Rossiya iqtisodiyoti sönggi vaqtlarda muammolarni boşdan keçirayotgani, prezidentning reytingi qulayotgani, «AQŞ esa bosqinni strategik falokat deb atagani»ni (u davlat kotibi Marko Rubioning yaqinda bergan bayonotini nazarda tutgan) eslatgan.

«Bularning barçasini hisobga oladigan bölsak, butun Donbassni egallaşga qaratilgan harbiy maqsadingizga amal qiliş mantiqan töğri böladimi yoki siz kelişuvga borişga tayyormisiz?» – deya savol qöygan jurnalist.

Putin Jordanning savolini yuzda tabassum bilan tinglab turdi va bunga javoban Donbassni nazorat ostiga oliş muzokaralar ğoyasiga zid emasligini aytdi. Şuningdek, u Ukrainada Rossiyadagi kabi havo hujumidan mudofaa tizimlari ham, zarbdor raketa tizimlari ham yöqligini aytdi.


«Ğarbdagi homiylar turli xil, jumladan, uzoq masofali dronlarni köp miqdorda yetkazib bermoqda. Afsuski, ulardan bazilari yorib ötmoqda, ammo Rossiyada havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud. Ha, biz uni takomillaştirişimiz kerak. Ha, biz uni mustahkamlaşimiz kerak va biz buni amalga oşiramiz, ammo Ukrainada umuman bunday tizim yöq», – degan Putin.

U «Rossiya qöşinlari butun front böylab hujum qilayotgani», Ukraina esa «şaxsiy tarkib yetişmovçiligi»ni boşdan keçirayotgani haqidagi davolarini yana bir bor takrorlagan:
Rossiya qöşinlari butun front çiziği böylab hujum qilmoqda. Ukraina qurolli kuçlarida şaxsiy tarkib böyiça halokatli yetişmovçilik yuzaga kelgan: oylik yöqotişlar 40 ming, majburiy safarbarlik 15-16 ming kişi beradi, qayerdadir 14 ming kişi gospitallardan qaytariladi. Yani har oyda minus 10 ming kişi. Yana oyiga 20 ming kişi dezertirlik qiladi. Deyarli rasmiy raqamlar: dezertirlik uçun 200 ming jinoiy iş oçilgan! Bularning barçasi kundalik rejimda hududlar boy berilişiga olib keladi.

Matbuot anjumani çoğida Putin 24 may kuni Ukrainaga «Oreşnik» ballistik raketasi bilan yöllangan sönggi zarbalar yuzasidan ham izoh berdi.

«Oreşnik» raketasi bilan Kiyev oblastining Belaya Tserkov şahriga zarba berilgandi. Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda yerga bir neça şula tuşayotganini köriş mumkin. Ukraina rasmiylari va harbiylari takidlaşiça, bitta «Oreşnik» bilan Belaya Tserkovdagi garajlar kooperativiga zarba berilgan, ikkinçi raketa esa okkupatsiya ostida bölgan hududga tuşgan. Bu keng kölamli uruş boşlanganidan buyon uçinçi marta «Oreşnik» qöllanişi böldi.

Rossiya prezidentining aytişiça, «Oreşnik» bilan sönggi zarbalar haqiqiy muhim nişonlarga emas, balki «natijalarni köriş qulay bölgan» joylarga berilgan.

«Sizga bir sirni oçaman. Ukraina böylab hali «Oreşnik» jangovar qöllanmagan. Bu Belaya Tserkovga ham, asosiy mustahkamlangan hudud perimetridagi DXR hududiga ham tegişli. Keyin öşa zarba berilgan omborxonaga dronlarimiz uçib bordi – va şunçaki bloklar qanday yotqizilganiga qaradik. Qayerga tuşgan bölsa, hammasini millimetrlarigaça ölçab çiqişdi», – dedi Putin.

Putin hozir bunday zarbalar «kelajakda „Oreşnik“ni belgilangan maqsadlarda, şu jumladan şahar hududida töliq formatda qöllaş töğrisida qaror qabul qiliş» uçun zarurligini aytdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: