Isroil askarlari 7 oylik çaqaloqni otib öldirdi
6-06-2026, 11:58
240 марта

Isroil askarlari 7 oylik çaqaloqni otib öldirdi
Isroil askarlari tomonidan Ğarbiy Sohil hududida 7 oylik çaqaloq otib öldirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.Vazirlik marhum çaqaloqning ismi Sam Fahd Abu Haykal ekanini aniqlagan. Hodisa Xevron şahri janubidagi Tel Rumeyda hududida yuz bergan. Çaqaloqning ota va onasi ham jarohat olgan.
Isroil Mudofaa armiyasi bayonotida aytilişiça, harbiylar “ular tomon tezlik bilan kelayotgan maşinani xavf deb öylagan” va şundan söng maşina tomonga bir neça öq uzgan.
Armiyaga köra, oqibatda 3 nafar falastinlik jarohat olgan va ular tibbiy yordamga yetkazilgan. Harbiylar voqea tekşirilayotganini bildirgan hamda “begunoh insonlarga yetgan har qanday zarar uçun çuqur afsus” izhor qilgan.
Çaqaloqning buvisi “Reuters” agentligiga bergan intervyusida, oila maşinada ketayotgan paytda yölda Isroil harbiy texnikasi va askarlarini körib töxtaganini aytgan. Uning sözlariga köra, dastlab ogohlantiruvçi öqlar deb öylangan, biroq keyin haqiqiy öq uzilgan.
Uning aytişiça, bitta öq çaqaloqqa tekkan va uning yuziga tekkan va boşiga zarar yetkazgan, onasining yuziga ham öq tekkan va tanasida qolgan. Otaning barmoği ham jarohatlangan, ona esa şifoxonada davolanmoqda.
Malumotlarga köra, 2023-yil 7-oktyabrdan boşlangan Ğazo uruşigaça Ğarbiy Sohilda 1000 dan ortiq falastinlik halok bölgan.