Gunohi Ğazoda tuğilganimi? Isroil 14 yoşli bolani vahşiylarça öldirdi
27-02-2026, 10:09
356 марта

Gunohi Ğazoda tuğilganimi? Isroil 14 yoşli bolani vahşiylarça öldirdi
Ğarbiy sohildagi al-Fara qoçqinlar lagerida 14 yoşli falastinlik Jad Jadalloh 2025 yilning noyabr oyida isroillik harbiylar tomonidan yaqin masofadan öqqa tutilgan. Guvohlar va tasdiqlangan videolarga köra, bola yerga yiqilganidan söng kamida 45 daqiqa davomida qon ketişidan azob çekkan, şu vaqt içida 14 nafar askar uni örab turgan. Ikki tez yordam maşinasi hodisa joyiga yetib kelganiga qaramay, harbiylar ularni yaqinlaştirmagan. Bu haqda “BBC” xabar berdi.Isroil harbiy kuçlari Jad “toş otgan”ini va bu holat qoidalarga köra ölimli kuç işlatişga ruxsat berişini bildirgan. Biroq videoda bir askar bola yoniga qandaydir jism taşlab, uni suratga olayotgani körinadi. Jadning onasi Safa va huquq himoyaçilari bu harakat bolani “aybdor qilib körsatiş”ga uriniş bölişi mumkinligini aytmoqda. Harbiylar “dastlabki tibbiy yordam körsatilgan”ini bildirgan, ammo qanday yordam va qaçon körsatilganiga izoh bermagan.
Hodisaning özi kuzatuv kamerasiga tuşgan.
Tasvirlarda Jad burçakdan möralab qarayotgan paytda bir askar unga uç metrça masofadan öq uzgani muhrlangan. Bolaning devor böylab qoçayotgani, ortidan yana öq uzilgani ham kadrlarda aks etgan. Bir neça metr yurgaç, u yiqiladi, qöl siltab yordam söraydi, askarlar esa uning qalpoğini tepib yuborgança bepisand böladi.
Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga köra, çaqiruvdan sakkiz daqiqa ötib yetib kelgan brigada qurol tahdidi ostida töxtatilgan. Feldşerlar 35 daqiqa davomida yaqinlaşişga urinişgan, ammo ruxsat berilmagan. Harbiylar esa avval “portlovçi moslama yöqligiga işonç hosil qiliş” zarur bölganini iddao qilgan.
BMT malumotlariga köra, ötgan yili Ğarbiy sohilda 55 nafar bola Isroil kuçlari tomonidan öldirilgan, 2023 yil 7 oktyabrdan beri esa bu körsatkiç 227 nafarga yetgan. Jadning jasadi oilasiga topşirilmagan. Isroil tomoni ayni paytda 700 dan ortiq falastinliklarning jasadini uşlab turgani xabar qilingan. Oilaning aytişiça, jasadni qaytarmaslik köplab savollarga javob bermaslik bilan birga oğriqni yanada çuqurlaştirmoqda.