Ğazoda ötin terayotgan ikki bola Isroil droni sabab halok böldi
26-01-2026, 09:31
174 марта

Ğazoda ötin terayotgan ikki bola Isroil droni sabab halok böldi
Ğazo şahrida ötin yiğiş bilan şuğullanayotgan paytda Isroil harbiylari tomonidan öqqa tutilgan ikki nafar falastinlik bola halok böldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.Malum qilinişiça, halok bölgan bolalar – Muhammad va Sulaymon Al-Zavara bölib, ular amakivaçça bölgan. Şifoxona malumotlariga köra, Muhammad 14 yoşda, Sulaymon esa undan bir yoş kiçik bölgan.
Ular 24 yanvar kuni öldirilgan, jasadlari Al-Şifo şifoxonasiga olib kelingan. Tarqalgan videolarda bolalardan birining otasi jasadni bağriga bosib, iztirob çekayotgani aks etgan.
Ikki bola va ularning oilalari Ğazoning şimoliy qismida yaşagan. Ularning amakisi Salmon Al-Zavara naşrga bolalar juda yaqin döst bölganini aytgan.
“Ular hayotga töla, quvnoq edi. Ota-onalariga yordam berişni xohlaşdi, şu sababli bu sovuq qişda ovqat pişiriş va oilani isitiş uçun ötin terişga çiqişdi”, degan u.Isroil harbiylari keça, 25 yanvar kuni CNN’ga Ğazo şimolida harakatlanayotgan qöşinlar “Sariq çiziq”dan ötib ketgan, hududga portlovçi moslama joylaştirgan va askarlarga yaqinlaşib, bevosita xavf tuğdirgan bir neça terrorçini aniqlaganini malum qilgan.
Harbiylar mazkur hodisa aynan bolalar halok bölgan voqea ekanini tasdiqlagan. Biroq harbiy manba “ular bolalar emas edi”, deb davo qilgan va bunga oid heç qanday dalil keltirmagan.
Qayd etiş joiz, Ğazoning ayrim hududlarida “Sariq çiziq” aniq belgilab qöyilmagan yoki körinmaydi.
Bu Ğazoda ötin terayotgan bolalarning halok bölişi bilan boğliq birinçi holat emas.
Ötgan yilning noyabr oyida sakkiz va ön yoşli Fadi va Juma Abu Assi nogiron otalari uçun ötin olişga çiqqan va dron zarbasi oqibatida halok bölgan. Isroil harbiylari öşa zarbani amalga oşirganini tan olib, bolalarni “Sariq çiziq”dan ötib, şubhali harakatlar qilgan va janubiy Ğazoda faoliyat yuritayotgan Isroil mudofaa kuçlariga xavf tuğdirgan ikki gumonlanuvçi” deb atagan.
Falastin Soğliqni saqlaş vazirligi sönggi 24 soat içida Isroil harbiy harakatlari oqibatida yana uç kişi halok bölganini, oktyabr oyida sulh kuçga kirganidan buyon qurbonlar soni 484 nafarga yetganini bildirgan.