Hormuzning yopilişidan asosiy foydani AQŞ kördi – “Rosneft” direktori
6-06-2026, 17:08
118 марта

Hormuzning yopilişidan asosiy foydani AQŞ kördi – “Rosneft” direktori
“Rosneft” kompaniyasi boş direktori Igor Seçin Hormuz böğozining yopilişi tufayli eng katta manfaatni AQŞ energetika kompaniyalari olganini bildirdi. U bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida gapirdi.Uning aytişiça, Hormuz böğozining yopilişi global energetika tizimi uçun jiddiy oqibatlarga olib kelgan va bu jarayonda Vaşington jahon energetika bozorining asosiy qoidalarini öz manfaatlariga mos ravişda özgartirişga urinmoqda. Seçinning fikriça, Hormuz böğozini yopiş böyiça qabul qilingan çoralar aslida Eronga qarşi qaratilgan bölsa-da, oqibatda butun dunyoga salbiy tasir körsatgan.
“Hormuz böğozining yopilişi jahon energetika bozori qoidalarini AQŞ foydasiga qayta şakllantirişga bölgan urinişdir. Boğozni tösiş böyiça körilgan çoralar Eronga qarşi qaratilgan edi, ammo ular butun dunyoga qarşi işladi. Strategik xavflar yetarliça baholanmadi”, deydi Seçin.Uning bildirişiça, bu vaziyatda asosiy foydani Amerika kompaniyalari körgan.
“Asosiy manfaatdorlar, albatta, Amerika kompaniyalari böldi. Ular raqobatdan taşqari ustunliklarga ega bölişdi hamda yuqori xarajatli taminotlardan katta daromad oliş imkoniyatini qölga kiritişdi”, deydi “Rosneft” rahbari.Seçin Hormuz böğozidagi vaziyatdan keyin boşqa muhim xalqaro dengiz yöllari ham xavf ostida qolişi mumkinligidan ogohlantirgan. Uning sözlariga köra, Malakka böğozi, Bob al-Mandab böğozi va Gibraltar böğozi ham kelajakda turli uzilişlar va çeklovlar xavfiga duç kelişi mumkin.