Sud Trampning immigratsiya çeklovlarini noqonuniy deb topdi
7-06-2026, 05:12
74 марта

Sud Trampning immigratsiya çeklovlarini noqonuniy deb topdi
Keça, 5 iyun kuni Vaşington federal sudi AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati tomonidan 2025 yil noyabrida Milliy gvardiya harbiy xizmatçilariga qilingan hujumdan söng joriy etilgan immigratsiya çeklovlarini bekor qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.Qayd etilişiça, okrug sudyasi Jon Makkonnell Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Şarqdagi 39 davlat fuqarolari uçun boşpana oliş, işlaşga ruxsatnoma va grin-karta beriş qoidalarining qatiylaştirilişini noqonuniy deb topgan.
“Çeklovçi immigratsiya siyosati Qöşma Ştatlarda yaşayotgan son-sanoqsiz immigrantlar hayotini mavhum huquqiy holatga tuşirib qöydi”, deydi Makkonnell.Sudyaning fikriça, AQŞ Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) özining antiimmigratsion kayfiyatini yaşiriş uçun milliy xavfsizlik haqidagi asossiz bahonalardan foydalangan. Uning takidlaşiça, uşbu çoralar tufayli minglab odamlar faqatgina tuğilgan joyi sababli yarim yildan beri huquqiy maqom va işsiz qolmoqda.
Çeklovlarni bekor qiliş talabi bilan davo arizasi şu yilning mart oyida migrantlarga yordam körsatuvçi taşkilotlar koalitsiyasi tomonidan berilgan.
USCIS 2025 yil dekabr oyi boşida, Vaşingtonda Oq uydan bir neça mahalla narida sodir bölgan Milliy gvardiya askarlarini öqqa tutiş voqeasidan köp ötmay, öşa paytdagi 19 davlat fuqarolarining barça immigratsiya sörovlarini körib çiqişni töxtatib qöygan edi.
Uşbu hujumda Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) bilan şartnoma asosida harbiy tayyorgarlikdan ötgan Afğoniston fuqarosi Rahmanulla Lakanval ayblanmoqda. Lakanval MRB tomonidan qöllab-quvvatlanadigan bölinma tarkibida bölgan va 2021 yilda Amerika qöşinlari olib çiqilganidan söng, “Tolibon” qatağonidan qörqqan ön minglab afğonlar bilan birga AQŞga köçib borgan. Lakanval öz aybini tan olmayapti. Hozirda u sud jarayonini kutmoqda.