KXDR maxfiy suvosti qurolini işlab çiqmoqçi
7-06-2026, 05:18
72 марта

KXDR maxfiy suvosti qurolini işlab çiqmoqçi
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In qizi Kim Çju E bilan birga maşğulotlar ötkazayotgan 5 ming tonnalik “Kan Gon” esminetsiga taşrif buyurdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.KXDR rahbari öz taşrifi davomida Harbiy-dengiz floti şu yilning boşida tasdiqlangan mamlakat mudofaasini rivojlantiriş böyiça yangi beş yillik rejaning asosiy yönalişi ekanligini malum qilgan. Uşbu rejaga köra, mamlakatda suv siğimi 10 ming tonna bölgan esminetslar yasaladi va “maxfiy suvosti quroli” işlab çiqiladi.
Kim Çen Inning sözlariga köra, harbiy-dengiz kuçlari yadroviy tiyib turiş tizimida yanada muhimroq rol öynaşi hamda “suv ostida yoki suv ustida istalgan vaqtda duşmanga qaqşatqiç zarbalar berişga” qodir bölişi kerak.
U, şuningdek, dengizçilarning boşqaruv mahoratini yuqori baholagan va kemaning harakatçanligi tezkor talablarga javob berişidan “katta mamnuniyat” bildirgan.
“Associated Press”ning qayd etişiça, “Kan Gon” ötgan yili KXDR tomonidan taqdim etilgan ikkita esminetsning ikkinçisidir. Birinçisi “Çxve Xyon” bölib, Kim uning işlab çiqilişini harakat radiusini kengaytiriş va oldindan ogohlantiruvçi zarbalar beriş imkoniyatlarini oşiriş yölidagi muhim qadam deb atagan. Uşbu kemalar turli xil qurol tizimlarini, jumladan, zenit va kemalarga qarşi tizimlarni, şuningdek, yadroviy kallaklarni taşişga qodir bölgan ballistik va qanotli raketalarni joylaştiriş uçun möljallangan.