Kim harbiy-dengiz qöşinlarini kuçaytirişga buyruq berdi
6-10-2025, 16:14
100 марта

Kim harbiy-dengiz qöşinlarini kuçaytirişga buyruq berdi
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In mamlakat suverenitetini himoya qiliş uçun öz flotini jadal rivojlantiriş zarurligini aytdi. Bu haqda u bugun, 6 oktyabr kuni Çve Xyon esminetsini tekşiriş va “Milliy mudofaani rivojlantiriş 2025” körgazmasining oçiliş marosimidagi nutqida söz oçdi.U flotning jangovar tayyorgarligi va harbiy-texnik jihozlarini mustahkamlaş böyiça körsatmalar berdi. Şuningdek, u yangi “öta qudratli harbiy kema” KXDR qurolli kuçlari mustahkamlanganini yaqqol namoyon etişini va respublikaning kemasozlikdagi yutuqlarini namoyiş etişini alohida takidladi.
Davlat rahbari esminetsning qurollanişini közdan keçirdi, ekipaj va dengiz piyodalarini kema ekspluatatsiyasiga tayyorlaş böyiça körsatmalar berdi. Kim Çen In “milliy suverenitet, xavfsizlik va manfaatlar yölida” harbiy-dengiz kuçlari kuçini işlatiş hamda duşmanning ehtimoliy provokatsiyalarini oldini oliş va jazolaş zarurligini takidladi.
“Milliy suverenitet va xavfsizlik uçun dengiz flotimizning qudratli kuçi ulkan okeanda qöllanilişi kerak, şunda biz duşmanning fitnalarini töliq töxtata olamiz, ularga javob beramiz va jazolay olamiz”, degan Kim Çen In.5 ming tonnalik Çve Xyon joriy yilning aprel oyida suvga tuşirilgan va Şimoliy Koreya harbiy-dengiz kuçlaridagi eng yirik kema hisoblanadi. Kema tovuşdan tez strategik qanotli raketalar, taktik ballistik raketalar va boşqa zarba beruvçi qurollarga ega.