USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Tolibon” yuzini yopmagan va “munosib” kiyinmagan ayollarni qamoqqa oliş bilan ogohlantirdi — manba

97 марта

“Tolibon” yuzini yopmagan va “munosib” kiyinmagan ayollarni qamoqqa oliş bilan ogohlantirdi — manba

Manba: PBS
“Tolibon”ning Hirot viloyatidagi Ezgulikni tarğib qiliş va illatlarning oldini oliş boşqarmasi aholini ogohlantirdi. Unga köra, Afğonistonda oilalar ayollarning munosib kiyiniş qoidalariga amal qilişini taminlaşi şart. Aks holda ular hibsga olinişi mumkin. Bu haqda mahalliy manbalar va qölga kiritilgan hujjatlarga tayanib, AmuTV xabar berdi.

Naşr qölga kiritgan hujjat nusxasida yozilişiça, erkaklar öz oilasidagi ayollarning köçaga hijobsiz çiqişiga yöl qöymasligi kerak. Quyidagi holatlarda ayollar “Tolibon” axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinişi va ayollar qamoqxonasiga joylaştirilişi mumkin:
  • köçada römolsiz yursa;
  • yuzi oçiq holatda bölsa;
  • tor kiyim kiysa;
  • pardoz qilgan bölsa.
Hujjatda “Tolibon”ning axloq qonuniga tayanilgan. Unda aytilişiça, oiladagi erkak vasiylar ayollarning kiyiniş qoidalariga amal qilişi uçun bevosita javobgardir. Qoidalarni buziş huquqiy çoralarga va ayollarni hibsga olişga sabab böladi.


Buyruq talablarni bajarişni va erkak qarindoşlarning masuliyatini qatiy belgilab qöyadi. Talablarni bajarmaganlar hibsga olinadi va “Tolibon” sud organlariga topşiriladi.

Çoralar qaçondan kuçga kirdi?
Buyruq Hirotda tarqalgan audioyozuv fonida paydo böldi. Mahalliy manbalarning aytişiça, bu audio “Tolibon” axloq politsiyasiga tegişli. Unda sözlagan şaxs uşbu çora mahalliy “Tolibon” yiğilişidan keyin qabul qilinganini va 6 iyun kunidan kuçga kirişini aytgan.

Şuningdek, audioyozuvda mahalla vakillari va masjid imomlariga yangi çoralar haqida aholini xabardor qiliş buyurilgan. Mahalliy aholining sözlariga köra, “Tolibon” axloq politsiyasi sönggi oylarda Hirotda ayollarning kiyinişini tekşirişni kuçaytirgan. Buning uçun şaharning gavjum joylarida nazorat punktlari taşkil etilgan.

“Tolibon” 2021 yil avgust oyida hokimiyatga qaytganidan beri xotin-qizlar uçun keng kölamli çeklovlar joriy etdi. Inson huquqlari taşkilotlarining malumotlariga köra, harakat hozirgaça ayollarning talim olişi, işlaşi, jamoat joylariga çiqişi va ijtimoiy hayotning boşqa sohalaridagi huquqlarini çeklovçi 100 dan ortiq farmon çiqargan.

Изоҳ қолдириш

    • Bobur 10 Iyun 2026 11:40
      Amerika to'g'ri ish qilgan ekan.

Мавзуга алоқадор: