USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sobiq vazir Qöçqorov AQŞda kurerlik qilayotgani malum böldi

131 марта

Sobiq vazir Qöçqorov AQŞda kurerlik qilayotgani malum böldi

Qirğizistonning Mehnat va ijtimoiy rivojlaniş böyiça sobiq vaziri Uluğbek Qöçqorov AQŞda kurerlik qilayotgani malum böldi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilar va post muallifi Qirğiziston Jogorku Keneşining sobiq deputati Uluğbek Qöçqorov deb atayyotgan erkak aks etgan video ommalaşib bormoqda. Elon qilingan kadrlarda erkak kişi avtomobil bagajiga paketlarni yuklayotganini köriş mumkin. Post mualliflarining bildirişiça, u AQŞda Amazon kompaniyasida kurer bölib işlamoqda.


Uşbu video foydalanuvçilar örtasida qizğin muhokamalarga sabab böldi. Köplab şarh qoldiruvçilar har qanday halol mehnat hurmatga loyiq ekanligini qayd etgan. Bazilar esa Qöçqorovning siyosiy faoliyatini va Qirğizistondagi davlat lavozimlarida işlagan davrlarini yodga olgan.
Oçiq malumotlarga köra, Uluğbek Qöçqorov “Ata-Jurt” partiyasidan V çaqiriq Jogorku Keneş deputati bölgan. 2017 yilda u prezidentlik saylovlarida iştirok etgan, 2018 yil oktyabrida esa Qirğiziston Mehnat va ijtimoiy rivojlaniş vaziri etib tayinlangan.

2020 yilda u “Birdamlik” partiyasidan parlament deputatligiga öz nomzodini qöygan. 2020 yil oktyabr oyidagi siyosiy voqealardan söng Qöçqorov vazir lavozimidan ozod etilgan.

Bir qator naşrlarning malumotlariga köra, u sönggi bir neça yildan beri oilasi bilan Çikagoda istiqomat qilmoqda. Şu bilan birga, u özining hozirgi faoliyati haqidagi malumotlarni ommaga izohlamagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: