Prezidentning kuyovi tomonidan quriladigan sohil kurortiga qarşi namoyişlar avj oldi
9-06-2026, 18:01
899 марта

Prezidentning kuyovi tomonidan quriladigan sohil kurortiga qarşi namoyişlar avj oldi
Joriy yilning 4 iyun kuni Albaniya poytaxti Tirana şahri köçalarida minglab odamlar Prezident Donald Trampning kuyovi bilan boğliq kompaniya tomonidan ekologik jihatdan muhafaza etilgan hududda elita kurort quriş rejasiga qarşi “Albaniya sotilmaydi” şiorlari ostida namoyişga çiqdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar qildi.Malum qilinişiça, Jared Kuşnerning Affinity Partners investitsiya kompaniyasi 1,4 milliard yevrolik (1,6 milliard dollar) loyihada iştirok etmoqda. Loyiha mamlakat janubidagi Vyosa-Narta muhofaza qilinadigan hududi yaqinida joylaşgan, hali özlaştirilmagan sohil böyida amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Qayd etilişiça, mazkur botqoqlik hududi flamingo quşlari, tyulenlar va dengiz toşbaqalarining in quriş joylariga ega muhim tabiiy makon hisoblanadi.
Ekologlar loyihaga qarşi çiqmoqda. Ularga köra, quriliş natijasida yuzlab gektar toza plyajlar va har yili yaqin atrofda in quradigan yoki migratsiya vaqtida töxtaydigan minglab flamingolarga zarar yetkazilişi mumkin. Ornitolog Ledi Selgjekayning aytişiça, dunyodagi barça flamingolarning 1 foizdan ortiği Albaniyada yaşaydi.
“Albatta, mamlakatga investitsiyalar kelişi juda muhim. Bu iqtisodiyot uçun ham muhim. Ammo qurilişni qayerda amalga oşirişni juda ehtiyotkorlik bilan tanlaş kerak. Bu hududning muhofaza qilinadigan hudud deb atalişining sababi bor” degan u agentlikka bergan intervyusida.Quriliş işlariga tayyorgarlik körilişi va oğir texnikaning hududga kiritilişi ötgan hafta mahalliy aholi noroziligiga sabab bölgan. Keyinçalik, bu norozilik Tirana şahridagi yirik köça namoyişlariga aylangan.
5 iyun kuni ayrim mahalliy aholi vaziyatni közdan keçiriş uçun hududga borgan. Bu namoyişçilar Tiranada Boş vazir Edi Rama idorasi oldida töplanib, puşti rangli havo bilan töldirilgan flamingo haykalçalarini kötarib, “inqilob” va “loyihani töxtating” deb hayqirganidan bir neça soat ötgaç sodir bölgan. Namoyişçilar tomonidan “Edi Rama, istefoga çiqing” deb yozilgan şiorlar kötarib çiqilgan.
“Albaniya sotilmaydi. Albaniya – Albaniya xalqiga tegişli va bu yerda nima qilişni biz hal qilamiz. Mamlakatni boşqarayotgan ayrim korruptsiyalaşgan siyosatçilar mulkimiz, milliy merosimiz, tabiiy va madaniy boyliklarimiz bilan nima qilişni özlari hal qila olmaydi”, degan namoyiş iştirokçisi, yozuvçi Lindita Komani.Boş vazir Edi Rama loyihani himoya qilib kelmoqda. Loyiha işlab çiquvçilari öz faoliyatining asosiy maqsadi “masuliyatli boşqaruv va atrof-muhitni yaxşilaş” ekanini takidlagan.
Albaniya Iqtisodiyot va innovatsiyalar vaziri Delina Ibrohimay 4 iyun kuni mazkur investitsiya loyihasi böyiça atrof-muhitga tasirni baholaş hujjatlari tayyorlanayotganini malum qilgan. Uning takidlaşiça, loyiha ekologik qonunçilik talablariga töliq rioya qilişi va mahalliy tabiiy muhitni muhofaza qilişi şart.
Albaniya davlat axborot agentligi ATA keltirgan sözlarga köra, vazir Yevropa ekologik direktivalari va Albaniya qonunçiligi bilan muhofaza qilinadigan laguna hamda uning atrofidagi tabiiy hududlarga zarar yetkazişi mumkin bölgan loyihalarga qarşi huquqiy kafolatlar berişini takidlagan.
AQŞ Prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatçisi va kuyovi Jared Kuşner mazkur kurort quriş rejasini 2024 yilda elon qilgan edi. Bu kengroq investitsiya dasturining bir qismi bölib, unga Serbiya poytaxti Belgraddagi sobiq harbiy ştab binosi ham kiritilgan. Biroq ötgan yili köça namoyişlari ortidan u Serbiyadagi uşbu loyihadan voz keçgan edi.