Dunyoda qariyb 138 mln bola mehnat qilişga majbur – BMT
10-06-2026, 14:48
62 марта

Dunyoda qariyb 138 mln bola mehnat qilişga majbur – BMT
2025 yil böyiça malumotlarga köra, dunyoda qariyb 138 million bola mehnat qilişga majbur bölmoqda, ulardan 54 millioni hayoti va soğliği uçun xavfli bölgan şaroitda işlayapti. Bu haqda Xalqaro mehnat taşkilotiga (XMT) tayanib, BMT xabar berdi.Har yili 12 iyun kuni Butunjahon bolalar mehnatiga qarşi kuraş kuni nişonlanadi. Uşbu kun bolalarni ekspluatatsiya qiliş muammosiga etibor qaratiş hamda davlatlar, biznes va fuqarolik jamiyati say-harakatlarini birlaştiriş maqsadida 2002 yilda tasis etilgan.
Uşbu kun butun dunyo böylab millionlab bolalar bilim oliş, öynaş va xavfsizlikda ulğayiş imkoniyatidan mahrum ekanliklarini eslatib turadi. Bolalar mehnati ayniqsa qişloq xöjaligi, toğ-kon sanoati va norasmiy sektorda keng tarqalgan bölib, bu sohalarda voyaga yetmaganlar juda zaif va himoyasizdir.
2026 yilgi kunning mavzusi – “Bolalar mehnatiga qizil kartoçka: bolalar uçun adolatli şaroit, kattalar uçun munosib iş” deb nomlandi. Bu bolalikni himoya qiliş va şu bilan birga kattalarni munosib iş şaroiti bilan taminlaş zarurligini alohida takidlaydi. Bunday yondaşuv XMTning asosiy tezisini aks ettiradi: bolalar mehnati – bu kambağallik, iş örinlarining yöqligi va ijtimoiy tizimlarning zaifligi oqibatidir, demak, unga qarşi kompleks kuraşiş lozim.