Dunyoda har uç soniyada 1 bola nikohlanmoqda – BMT
14-02-2026, 18:44
197 марта

Dunyoda har uç soniyada 1 bola nikohlanmoqda – BMT
Dunyo böyiça har beş qizdan biri 18 yoşga yetmasdan oldin rasmiy yoki norasmiy nikohlanadi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Aholi jamğarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, butun dunyo böylab bugungi kunga qadar taxminan 640 million qiz voyaga yetmasdanoq turmuşga qurgan. Har yili 12 million ösmir qiz 18 yoşga yetmasdan turmuşga çiqadi. Bu esa har 3 soniyada bir ösmir qiz nikohlanadi degani. Eng köp holat esa Janubiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida uçraydi.
“Çild marriage data portal” Markaziy Osiyoda 1999 yilda bu körsatkiç 13 foiz bölgan va 2024 yilda 6 foizga yetganini keltirib ötgan. Malumotlarga köra, Özbekistonda 1997 yildan 2022 yilgaça 15 yoşgaça turmuş qurganlar soni 48,5 ming, 18 yoşgaça turmuş qurganlar soni esa 1,1 million nafarni taşkil etgan. Viloyatlar orasida esa eng köp kuzatilgan holat Samarqandda 3 foiz, Andijonda 2 foiz, Farğonada 1 foiz va Qoraqalpoğistonda 0,8 foiz qayd etilgan.
Şuningdek, BMT Aholi jamğarmasi global miqyosda bolalar nikohi asta-sekin kamayayotganini malum qilgan. 2000 yilda 20–24 yoşdagi ayollarning uçdan biri voyaga yetmay turmuş qurganini aytgan bölsa, 2021 yilda bu körsatkiç beşdan birga tuşgan. 15 yoşgaça turmuşga çiqiş darajasi ham pasayib, 2000 yilda 11 foizdan 2021 yilda 5 foizga yetgan. Sönggi malumotlarga köra, oxirgi 25 yil içida 68 million bolalar nikohi oldini olişga erişilgan.