Özbekistonda onalar ölimi 30 yilda qariyb 4,5 barobarga kamaydi
13-01-2026, 07:54
157 марта

Özbekistonda onalar ölimi 30 yilda qariyb 4,5 barobarga kamaydi
Özbekistonda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri etib belgilangan. Sönggi yillarda ona va bola ölimi körsatkiçlarida sezilarli pasayiş qayd etilmoqda.“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti taqdim etgan malumotlarga köra, 1991 yilda har 100 ming tirik tuğilişga nisbatan 65,3 nafarni taşkil etgan onalar ölimi bugungi kunga kelib 14,8 nafargaça kamaygan. Bu körsatkiç sönggi 30 yildan ortiq davrda qariyb 4,5 barobar pasayganini anglatadi.
gödaklar va 5 yoşgaça bölgan bolalar ölimi darajasida ham ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Xususan, 1991 yilda gödaklar ölimi har ming tirik tuğilişga 35,5 nafarni, 5 yoşgaça bölgan bolalar ölimi esa 48,2 nafarni taşkil etgan bölsa, hozirda bu körsatkiçlar mos ravişda 9 va 12,5 nafargaça pasaygan.
Mutaxassislar bu natijalarni birinçi navbatda ona va bola salomatligini muhofaza qilişga qaratilgan kompleks çoralar, profilaktik tibbiyotga etibor kuçaygani hamda birlamçi tibbiy yordam tizimining takomillaşganibilan izohlamoqda.
Qayd etilişiça, onalar va bolalar ölimining kamayişi nafaqat soğliqni saqlaş tizimi samaradorligini oşirmoqda, balki oilalarda barqarorlikni mustahkamlaş, aholining tibbiy xizmatlarga bölgan işonçini kuçaytiriş hamda kelajak avlod uçun soğlom muhit yaratişga xizmat qilmoqda.
Milliy statistika qömitasi malumotlariga köra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda jami 664,6 mingta tirik tuğiliş holatlari qayd etilgan. Tuğilişlar ota-onalarning yoş guruhlari kesimida tahlil qilinganda quyidagi körsatkiçlar şakllangan.
Otalar yoşi böyiça:
- 25 yoşgaça — 74 946 nafar (11,3 foiz);
- 25–39 yoş — 542 512 nafar (81,6 foiz);
- 40 yoş va undan kattalar — 47 140 nafar (7,1 foiz).
- 25 yoşgaça — 269 823 nafar (40,6 foiz);
- 25–39 yoş — 385 424 nafar (58 foiz);
- 40 yoş va undan kattalar — 9 351 nafar (1,4 foiz).