BMT Livanga tergovçilar guruhini yuboradi
10-06-2026, 19:30
68 марта

BMT Livanga tergovçilar guruhini yuboradi
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti maxsus komissiyasi kelasi hafta Livandagi uruşda qaysi tomon xalqaro qonunlarni buzganini tekşiriş maqsadida tergovçilar guruhini jönatadi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Tyurk malum qildi.Uning sözlariga köra, tergovçilar guruhi Livandagi hozirgi uruş davomida tomonlar xalqaro huquq normalarini buzgan bölişi mumkinligi haqidagi holatlarni baholaydi. Ular fuqarolarga qarşi hujumlar bölganmi, tinç aholi obektlari nişonga olinganmi, harbiy jinoyatlar sodir etilganmi, şu kabi masalalarni tekşiradi.
Malumot uçun, Livan joriy yilning 2 mart kuni Yaqin Şarq mojarosiga tölaligiça kirgan. Öşanda Eron qöllab-quvvatlaydigan “Hizbulloh” guruhi AQŞ va Isroil hujumi ostida bölgan Eron bilan hamjihatlik belgisi sifatida Isroilga raketa zarbalari bergan. Bunga javoban Isroil yirik havo va quruqlik harbiy operatsiyasini boşlagan.