Endi jinsiy zöravonlik işlari ayol tergovçilarga beriladi. Qozoğistonda!
10-06-2026, 19:53
109 марта

Endi jinsiy zöravonlik işlari ayol tergovçilarga beriladi. Qozoğistonda!
Endi Qozoğistonda jinsiy zöravonlik bilan boğliq jinoyat işlarini tergov qiliş jarayoni ayol tergovçilarga topşiriladi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.Qayd etilişiça, bu çora jabrlanuvçilarning qöşimça ruhiy bosim va travmalarga duç kelişini kamaytiriş hamda huquq-tartibot organlariga bölgan işonçni oşirişga qaratilgan. Şuningdek, Içki işlar vazirligi nikohga majburlaş jinoyati böyiça yangi norma haqida ham izoh bergan. Vazirlik vakili Sanjar Odilovning aytişiça, bunday işlar böyiça jabrlanuvçi sifatida ham ayol, ham erkak çiqişi mumkin. Biroq nikoh tuzişni talab qilişning özi, jumladan, ayol homilador bölgan holatda ham jinoyat tarkibini taşkil etmaydi.
“Agar oddiy holatni oladigan bölsak, ayol bir kişiga uylanişni talab qilsa, buning özi yetarli emas. Jinoyat bölişi uçun tahdid yoki zöravonlik ham bölişi kerak – bu holatda u tomonidan yoki uning yaqinlari tomonidan bölişi mumkin. Aks holda, bu masala jinoyat emas, balki fuqarolik munosabatlari hisoblanadi”, deydi u.Vazirlik malumotiga köra, hozirça Qozoğistonda nikohga majburlaş böyiça ayol şaxs gumonlanuvçi sifatida qayd etilgan jinoyat işlari yöq.