Endi pedofillar kastratsiya qilinadi. Qozoğistonda!
8-10-2025, 13:05
96 марта

Endi pedofillar kastratsiya qilinadi. Qozoğistonda!
Qozoğistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy daxlsizlikka qarşi jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan jazoni ötaş muddati tugaşidan olti oy oldin kimyoviy kastratsiya qöllaniladi. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan “Majburiy tibbiy çora qöllaş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi buyruqqa kiritilgan özgartirişlarda söz boradi.Hujjatga binoan, jazoni ijro etiş muassasasi mamuriyati mahkumning muddati tugaşidan kamida 12 oy oldin sudga hujjatlarni yuboradi, bu orqali şaxsda ruhiy oğişlar yoki jinsiy zöravonlikka moyillik mavjud yoki yöqligi böyiça sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi.
Şuningdek, bu tartib ruhiy buzilişi aniqlangan, ammo aqli raso deb topilgan şaxslarga nisbatan sud qarori bilan majburiy tibbiy çoralar qöllanilgan hollarga tatbiq etilmaydi.
Buyruq rasmiy elon qilingan kundan keyin ön kun ötgaç kuçga kiradi.
Qozoğistonda bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar sonining keskin oşişi ortidan 2018 yildan boşlab pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya çoralarini qonuniy ravişda qöllaş imkoniyati joriy etilgan edi. Uşbu protsedura faqat sud hukmi bilan sud-psixiatriya ekspertizasi jinoyat sodir etişga moyillikni tasdiqlagan şaxslarga nisbatan amalga oşiriladi.