Rossiyada migrantlar uçun tibbiy körik qoidalari kuçaytirildi
11-06-2026, 12:41
94 марта

Rossiyada migrantlar uçun tibbiy körik qoidalari kuçaytirildi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin migrantlar uçun majburiy tibbiy körik qoidalarini kuçaytiruvçi qonunni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Avval migrantlar Rossiyaga kirganidan söng 90 kun içida xavfli yuqumli kasalliklar va OIV mavjudligini aniqlaş hamda giyohvand moddalar istemoli böyiça tibbiy körikdan ötişi kerak edi. Yangi qonunga köra, bu muddat 30 kungaça qisqartirildi.
Şuningdek, qonun mehnat migrantlari va Rossiyada 90 kundan ortiq qolişni rejalaştirayotgan çet el fuqarolari uçun har yili qayta tibbiy körikdan ötişni majburiy etib belgilaydi.
Tibbiy tekşiruv natijalari davlat axborot tizimiga kiritiladi. Agar giyohvand moddalar istemoli, xavfli yuqumli kasalliklar yoki OIV aniqlansa, bu haqdagi malumotlar avtomatik ravişda Rossiya Içki işlar vazirligiga yuboriladi.
Tibbiy körik xarajatlari migrantlarning özi yoki ularning iş beruvçilari tomonidan qoplanadi. Bundan taşqari, bunday tekşiruvlarni faqat davlat tomonidan vakolat berilgan taşkilotlar ötkazişi mumkin.
Malum qilinişiça, qonun 2026 yil 1 sentyabrdan kuçga kiradi.
Şuningdek, Putin tibbiy körikdan ötişni rad etgan yoki undan böyin tovlagan migrantlarga nisbatan 25 mingdan 50 ming rublgaça jarima soliş hamda ularni mamlakatdan çiqarib yuboriş imkoniyatini nazarda tutuvçi qonunni ham imzolagan.
Tibbiy tekşiruv qoidalarini buzganlik uçun fuqarolarga 25 mingdan 100 ming rublgaça, mansabdor şaxslarga 100 mingdan 200 ming rublgaça, yuridik şaxslarga esa 300 mingdan 1 million rublgaça jarima qöllanadi.