Endi Rossiyadan çiqib ketgan fuqarolarning mol-mulki musodara qilinadi
11-06-2026, 22:43
85 марта

Endi Rossiyadan çiqib ketgan fuqarolarning mol-mulki musodara qilinadi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatdan çiqib ketgan fuqarolarga tegişli mol-mulkni vaqtinça xatlaş (yani foydalanişni çeklaş) imkonini beruvçi yangi qonunni imzoladi. Bu haqdagi qonun hukumat portalida elon qilindi.Qonunga köra, agar Rossiyadan taşqarida yaşayotgan yoki ketib qolgan fuqaroga “davlat manfaatlariga qarşi mamuriy huquqbuzarlik” ayblovi qöyilsa, uning mol-mulki sud qaroridan oldin ham vaqtinça muzlatib qöyilişi mumkin. Bu çora keyinçalik qöyilişi mumkin bölgan jarimani undirişni taminlaş uçun işlatiladi.
Sud bunday qaror böyiça arizani tezkor tartibda – röyxatga olinganidan keyingi kunning özidayoq körib çiqadi. Eng muhim jihati: mulk egasini oldindan çaqiriş yoki ogohlantiriş majburiy emas.
Qonun 2026-yil 1-sentyabrdan kuçga kiradi.
U asosan Rossiya Mamuriy kodeksining 10 dan ortiq moddalariga tegişli. Ular orasida:
- “xorijiy agent” qoidalarini buziş;
- ekstremistik materiallar tarqatiş;
- “soxta xabarlar” tarqatiş;
- taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida iştirok etiş;
- armiyani “obrösizlantiriş” kabi ayblovlar ham bor.