Endi Putin istagan mamlakatiga bostirib kirişi mumkin
26-05-2026, 14:45
483 марта

Endi Putin istagan mamlakatiga bostirib kirişi mumkin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya iştirokisiz xorijiy sudlar qarori bilan hibsga olingan rossiyaliklarni himoya qiliş uçun Rossiya Qurolli kuçlarini jalb etişga ruxsat beruvçi qonunni imzoladi. Bu haqda hukumat portalida elon qilindi.Qonunga köra, agar xorijiy organlarning qaror va harakatlari Rossiya manfaatlari hamda Rossiya jamoat huquqiy tartibi asoslariga zid deb topilsa, rossiyaliklarni xorijda himoya qiliş uçun armiya jalb qilinişi mumkin, yani qonun boşqa davlat sudi uçinçi davlat topşiriği asosida, Rossiya iştirokisiz iş yuritgan holatlar haqida bölib, agar şunday holatda Rossiya fuqarosiga nisbatan iş boşlansa bunga Qurolli kuçlarni jalb etiş qonuniylaştirildi. Şuningdek, bunday holatda sudning Rossiya bilan xalqaro şartnoma yoki BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi asosida vakolatga ega bölmagan holatlar ham nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, Prezident qaroriga köra, xorijda bölib turgan rossiyaliklarni himoya qiliş böyiça zarur çoralarni Rossiya davlat organlari öz vakolatlari doirasida amalga oşiradi.