Putin zaxiradagilarni harbiy yiğinlarga çaqiriş töğrisidagi farmonni imzoladi
9-12-2025, 10:10
105 марта
Putin zaxiradagilarni harbiy yiğinlarga çaqiriş töğrisidagi farmonni imzoladiPutin farmoniga köra, zaxirada bölgan fuqarolar RF Qurolli kuçlari, Rosgvardiya, qutqaruvçi harbiy tuzilmalar, şuningdek davlat muhofazasi organlari va FSB tizimida ötkaziladigan harbiy yiğinlarga çaqiriladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2026 yilda zaxirada bölgan RF fuqarolarini harbiy yiğinlarga çaqiriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat duşanba, 8 dekabr kuni huquqiy hujjatlar portalida elon qilindi.
Unga köra, Rossiya fuqarolari — rezervçilar Qurolli kuçlar, Rosgvardiya, qutqaruvçi harbiy tuzilmalar, şuningdek davlat muhofazasi organlari va FSBda ötkaziladigan yiğinlarga çaqiriladi. Farmondagi törtta banddan ikkitasi «xizmat foydalanişi uçun» degan belgini olgan.
«Harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi qonunga muvofiq, zaxirada deb quyidagilar hisoblanadi: harbiy hisobda turadigan, ammo tinçlik davrida amaliy harbiy xizmat majburiyatlarini bajarmaydigan şaxslar, yani: muddatli yoki şartnoma asosida xizmatni ötab bölgan erkaklar; xizmat qilmagan, biroq oldin muddatli imtiyoz olgan, 30 yoşga yetganlar va h.k.; harbiy oliy öquv yurtlari va öquv markazlari (sobiq harbiy kafedralar) bitiruvçilari; aloqa, tibbiyot va şu kabi sohalarda harbiy mutaxassislikka ega ayollar.
Bundan oldinroq, 4 noyabr kuni Vladimir Putin rezervçilardan hayotiy ahamiyatga ega obektlarni qöriqlaş uçun foydalanişga ruxsat beradigan farmonni imzolagandi.
10 noyabr kuni «Kommersant» gazetasi yozişiça, RFning Ukrainaga hujumi munosabati bilan kamida 19 ta Rossiya mintaqasi mamlakat hududidagi muhim ahamiyatga ega obektlarni qöriqlaş uçun jalb etiladigan rezervçilar bölinmalarini şakllantiriş böyiça kampaniyani boşlagan.
Naşr tafsilotlariga köra, avvalo «duşman dronlariga qarşi kuraşga jalb etiladigan» rezervçilar mazkur davrda harbiy xizmatçi maqomini oladi.
Rezervçilarni bunday obektlarni qöriqlaşga hukumat belgilaydigan tartib asosida ötkaziladigan maxsus yiğinlar doirasida jalb qiliş mumkin böladi.
RF Qurolli kuçlari Boş ştabi boş taşkiliy-safarbarlik boşqarmasi boşliği örinbosari, vitse-admiral Vladimir Tsimlyanskiy alohida takidlaşiça, rezervçilar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida iştirok etişga yoki RF hududidan taşqaridagi vazifalarni bajarişga jalb etilmaydi. Ammo Putin imzolagan yangi farmon matnida rezervçilardan foydalaniş böyiça bunday çeklovlar közda tutilmagan.
4 noyabr kuni Vladimir Putin şuningdek fuqarolarni yilning butun davomida — 1 yanvardan 31 dekabrgaça — harbiy xizmatga çaqirişga ruxsat beradigan qonunni ham imzoladi. 2026 yil 1 yanvaridan boşlab harbiy komissariatlar çaqiriladigan fuqarolarga har kuni elektron yoki yozma çaqiruv qoğozi yuborişi, ularning tibbiy körigini taşkil etişi va çaqiruv komissiyasi majlislarini ötkazişi mumkin böladi.