Rossiya XJS va maxsus tribunallar qarorlarini inkor etişi mumkin
29-12-2025, 17:51
120 марта

Rossiya XJS va maxsus tribunallar qarorlarini inkor etişi mumkin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 29 dekabr kuni Rossiya hududida xorijiy jinoiy sudlar qarorlarini bajarmaslikka ruxsat beruvçi qonunni imzoladi. Bu, jumladan, Xalqaro jinoiy sud va maxsus tribunallarga ham taalluqli.Qonun matniga köra, Rossiya boşqa davlatlar iştirokida faoliyat yuritadigan, ammo Rossiya iştirok etmaydigan jinoiy sudlar qarorlarini inkor etiş huquqiga ega böladi. Şuningdek, agar xalqaro sud organining vakolati Rossiya imzolagan xalqaro şartnoma yoki BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasiga asoslanmagan bölsa, u ham mazkur qonun doirasiga kiradi.
2023 yil mart oyida Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putin va Rossiya Prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan hibsga oliş orderi çiqargan edi. Sud prokurorlari ularni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni qonunga xilof ravişda Rossiyaga olib çiqişda gumon qilmoqda. Rossiya 2000 yilda XJS faoliyati asosi bölgan Rim statutini imzolagan, ammo uni ratifikatsiya qilmagan. 2016 yilda esa Kreml öz imzosini rasman qaytarib olgan.
2025 yil iyun oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa Kengaşi Boş kotibi Alen Berse Ukrainaga qarşi tajovuz jinoyatlarini tergov qiliş uçun maxsus tribunal tuziş töğrisidagi kelişuvni imzolagan edi. Uşbu tribunalning maqsadi – Rossiya va Belarus siyosiy hamda harbiy rahbariyatini Ukrainadagi uruş jinoyatlari uçun javobgarlikka tortiş.