Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yilga qamaldi
12-06-2026, 10:24
92 марта

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yilga qamaldi
Bugun, 12 iyun kuni Janubiy Koreya sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni Şimoliy Koreya hududiga dronlar yuborganlikda aybdor deb topib, 30 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.Prokurorlar Yun 2024 yilning oktyabr oyida Şimoliy Koreyani ataylab provokatsiya qiliş va keyinçalik joriy etilgan muvaffaqiyatsiz harbiy holatga bahona yaratiş uçun uşbu operatsiyani buyurganini aytgan.
Yun 2024 yilning 3 dekabrda harbiy holat elon qilganida, bu qarorini mamlakatni Şimoliy Koreyaga xayrixoh davlatga qarşi kuçlardan himoya qiliş zarurati bilan izohlagan edi. Biroq keyinçalik uning qarori asosan içki siyosiy muammolar bilan boğliq ekani malum böldi va ommaviy norozilik namoyişlari ortidan harbiy holat bekor qilindi.
Şundan söng Yun impiçment orqali lavozimidan çetlatilgan va harbiy holatni noqonuniy joriy etişga uringani uçun davlatga qarşi isyon aybi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Seul okrug sudi Yun, sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon, Mudofaa kontrrazvedka qömondonligining sobiq rahbari Yo In Xyon va Dron operatsiyalari qömondonligining sobiq rahbari Kim Yon Deni davlatga xiyonat va mansab vakolatini suiistemol qilişda aybdor deb topgan.
Sud qaroriga köra, Kim Yon Xyon ham 30 yilga qamalgan. Yo In Xyon 15 yil, Kim Yon De esa 3 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq uning jazosi 5 yil muddatga şartli ravişda keçiktirilgan.
Sud bayonotida aytilişiça, ayblanuvçilar harbiy operatsiya niqobi ostida Şimoliy Koreyani javob çoralariga undaş va favqulodda vaziyat yaratişga uringan. Sud şuningdek, ularning harakatlari harbiy mojaro xavfini oşirganini qayd etib, uşbu voqealar uçun asosiy javobgarlik Yun zimmasiga ekanini takidlagan.
Yunning advokatlari esa uning harakatlari Şimoliy Koreyaning 2024 yilda Janubiy Koreya hududiga çiqindi va axlat ortilgan şarlarni uçirgani ortidan qilingan qonuniy javob çorasi bölganini bildirgan.
2024 yilda ikki Koreya örtasidagi keskinlik Şimoliy Koreya Pxenyan ustiga tarğibot varaqalari taşlagan dronlarni Janubiy Koreya yuborganini davo qilganidan keyin yanada kuçaygan edi. Sudya hukmda aynan Yun Şimoliy Koreyaning javob zarbasini qözğatiş umidida uşbu dronlarni yuborganini malum qilgan.
Bundan taşqari, Yun mansab vakolatini suiistemol qiliş va özini hibsga olişga tösqinlik qilganlik uçun ham 5 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.