BMT Inson huquqlari böyiça global alyans tuzmoqda
BMTda yangi taşabbusga start berildi – Inson huquqlari böyiça global alyans nizolar rekord darajaga yetgan, tengsizlik çuqurlaşib borayotgan va iqlim özgarişlari tezlaşayotgan bir şaroitda inson huquqlarini qarorlar qabul qiliş jarayonining markaziga qöyişga qaratilgan. Bu haqda BMT Yangiliklar xizmati xabar berdi.
Malumotlarga köra, alyans keng doiradagi iştirokçilarni – hukumatlar, fuqarolik jamiyati, biznes, şaharlar, diniy yetakçilar, olimlar va yoşlarni yagona platforma atrofida birlaştirişni maqsad qilgan.
BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasining (IHOKB) kontseptual eslatmasida aytilişiça, inson huquqlarini himoya qiliş tizimi misli körilmagan bosimga uçramoqda: huquqbuzarliklar jazosiz qolmoqda, fuqarolik jamiyati uçun maydon torayib bormoqda, ayrim davlatlar köp tomonlama majburiyatlardan çekinmoqda, moliyalaştirişning jiddiy yetişmovçiligi esa butun huquqni himoya qiliş sohasiga tahdid solmoqda.
Yaqin bir oy içida bir qator aniq taşabbuslar, jumladan, biznes va inson huquqlari masalalari böyiça global qöllab-quvvatlaş xizmati, raqamli innovatsiyalarga bağişlangan “RightsX” sammiti hamda talimning barça bosqiçlarida inson huquqlari talimini joriy etişga qaratilgan “Har bir sinfda inson huquqlari” dasturi boşlanadi.
Alyans bir martalik kampaniya emas, balki uzoq muddatli loyiha sifatida rejalaştirilgan. Uşbu taşabbusning birinçi uç yillik bosqiçi yakunlanişi 2028 yil 10 dekabrda nişonlanadigan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 80 yilligiga töğirlanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Birlaşgan Millatlar Taşkiloti maxsus komissiyasi kelasi hafta Livandagi uruşda qaysi tomon xalqaro qonunlarni buzganini tekşiriş maqsadida tergovçilar guruhini jönatişi haqida xabar berilgan edi.