2024 yilda dunyodagi qurol savdosi rekord darajaga yetdi – BMT
11-12-2025, 12:57
135 марта

2024 yilda dunyodagi qurol savdosi rekord darajaga yetdi – BMT
2024 yilda dunyodagi qurol savdosi rekord darajaga yetdi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining (BMT) Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Tyurk malum qildi.Qayd etilişiça, eng yirik 100 ta qurol işlab çiqaruvçi kompaniyaning daromadi ötgan yili 679 milliard dollarni taşkil etgan. Bu körsatkiçning ösişiga Ukraina va Ğazodagi uruşlar, global keskinliklarning kuçayişi hamda davlatlar tomonidan harbiy xarajatlarning köpayişi sabab bölgan.
Tyurk BMTning Jenevadagi ofisida jurnalistlar bilan uçraşuvda 2025 yildagi inson huquqlari vaziyati böyiça malumot berdi.
U inson huquqlari yetarli moliyalaştirilmayotganini va ularga qarşi bosim kuçayganini bildirdi. Uning sözlariga köra, Ğazo hali ham tasavvur qilib bölmaydigan darajadagi azob-uqubatlar, qörquv va yöqotişlar hududi bölib qolmoqda. Sulhga qaramay, hujumlar va qurbonlar kamaygan bölsa-da, töliq töxtamagan.
Ğarbiy Sohilda isroillik harbiylar va köçmançilar tomonidan falastinliklarga nisbatan hujumlar kuçaygan. Sudan böylab armiya va Tezkor reaktsiya kuçlari örtasidagi töqnaşuvlar davom etib, aholiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Ukrainada esa tinç aholi örtasida qurbonlar soni ötgan yilga nisbatan 24 foizga oşgan.
Tyurk BMT faoliyati uçun zarur bölgan mablağ tamoman ajratilmagani sabab 90 million dollarlik tanqislik yuzaga kelganini, bu esa 300 ta iş örni qisqarişiga hamda Kongo Demokratik Respublikasi, Kolumbiya, Myanma, Tunis va boşqa davlatlardagi muhim loyihalarning töxtaşiga olib kelganini malum qildi.