USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kanada 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqçi

47 марта
Канада 16 ёшгача бўлган болалар учун ижтимоий тармоқларни тақиқламоқчи

Kanada hukumati 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaş hamda suniy intellekt çatbotlari faoliyatini tartibga solişni nazarda tutuvçi yangi qonun loyihasini parlamentga kiritdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qonun loyihasiga köra, belgilangan xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan ijtimoiy tarmoq platformalarida 16 yoşgaça bölgan foydalanuvçilarning akkaunt oçişi taqiqlanadi. Şuningdek, suniy intellekt çatbotlari uçun xavfsizlik talablarini işlab çiqadigan maxsus raqamli regulyator taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Yangi talablarga rioya qilmagan kompaniyalar global yillik daromadining 3 foizigaça yoki 10 million Kanada dollari miqdorida jarimaga tortilişi mumkin.

Kanada Madaniyat vaziri Mark Millerning aytişiça, ijtimoiy tarmoqlar va çatbotlar foydalanuvçilar etiborini imkoni qadar uzoq vaqt uşlab turişga qaratilgan bölib, ular bolalarning soğlom rivojlanişiga salbiy tasir körsatmoqda.

Uning takidlaşiça, yangi qonunçilik yoşlar uçun xavfsizroq internet muhitini yaratiş, ularni yuzma-yuz muloqot qilişga, talimga köproq etibor qaratişga va amaliy hayotiy könikmalarni rivojlantirişga yordam beradi.

Avvalroq, Avstraliya dunyoda birinçi bölib 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlagan edi. Qonun kuçga kirganidan söng millionlab ösmirlarning akkauntlari öçirib taşlangan.

Malumot uçun, Frantsiya, Daniya va Polşa ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişiga oid qoidalarni kuçaytiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Gretsiya esa 2027 yildan boşlab 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni taqiqlaşni rejalaştirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: